4. Tadbirkor va yollangan ishchilar - tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy
qadr-qiymatlariga nisbatan barcha mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. U o’z
ishchilaridan qonunlarga amal qilishini talab etadi va o’zi ham shunga rioya
qiladi;
-
muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat
shartnomalarini tuzish chog’ida aks yettiriladi.
5. Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a’zolari - tadbirkorlar ittifoqi a’zolari uchun qonunga muvofiq raqobat majburi-
ydir va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi;
-
teng huquqli bo’lmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqo-
bat) qabul qilingan me’yorlarga zid hisoblanadi. O’z xususiy mahsuloti yoki
xizmatlarini raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kira-
di;
-
raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki jamiyatdagi
egallagan mavqyei va afzalliklaridan foydalanishga haqqi yo’q. Tadbirkorlar
raqobatchilarning mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart;
-
kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, na-
tijalar zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga yetkaziladi. Ittifoq a’zolari
o’rtasida munozarali masalalar vujudga kelgan taaqdirda, ular o’zaro
kelishuvga muvofiq bu masalani ittifoq nazorat kengashiga kiritishi mumkin.
Qabul qilingan qaror ikkala tomon uchun ham bajari-lishi majburiy hisobla-
nadi.
6. Javobgarlik va ta’qiqlar -
tadbirkorlar ittifoqiga a’zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq ko-
deksiga rioya etilishini talab qiladi;
-
axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini
buzish, ittifoqdagi muayyan a’zoning a’zoligini to’xtatish uchun asos bo’ladi.
Har bir aloqida hol ittifoq boshqaruvi tomonidan ittifoq a’zosi ishtirokida
ko’rib chiqiladi;
-
qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi sezdi oldidan
imkoniyat mavjud bo’lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi
ko’rilishi mumkin.
Ko’rib turibmizki, kodeksda gap tadbirkorning xulq-atvori me’yorlari
to’g’risida, uning ish usuli, kishilar bilan muomala qilish tabiati, ijtimoiy
qiyofasiga nisbatan madaniy jamiyat qurayotgan talablar to’g’risida
bormoqda.