Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


75 
9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati 
 
Dars o’quv maqsadi. 
Dars o’quv maqsadi bo’lib, tadbirkor rahbar etikasi va 
etiketi,tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar va 
tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullarining 
mazmun-mohiyatini bayon qilish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi. 
 Tushunchalar 
va 
tayanch 
iboralar.
Rahbar 
etikasi. 
Rahbar 
etiketi.So’rashish normasi.Ish protokoli.Ish hisoboti. 
 Maruzani o’tish usuli (metodi). 
Marua “Bilaman . Bilishni xohlayman . 
Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi. 
Asosiy savollar 
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi
9.2. Tadbirkor madaniyati 
9.3 Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari 
 
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 
9.1.Tadbirkor rahbar etikasi 
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslari-
ga bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va 
ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari –biznesmenlar doirasida 
umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi 
muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dun-
yoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita 
bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli 
odam tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli 
bo’lishi lozim. Arastu (Arestotel) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq 
to’g’risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiy-
ishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”, - degan edi. Preziden-
timiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – 
ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xush-
muomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iy-
mon, halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar 
shuningdek insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai 
nazardan ko’rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Tara-
qqiy yetgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika 
kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilar-
monlik kodeksi” keng qo’llaniladi. “Biznesmenlarning axloq kodeksi” bi-
rinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik 
faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona 


76 
asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash
haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan.
Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu 
borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajriba-
siga asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum 
bo’lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin