75
9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati
Dars o’quv maqsadi.
Dars o’quv maqsadi bo’lib, tadbirkor rahbar etikasi va
etiketi,tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar va
tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullarining
mazmun-mohiyatini bayon qilish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar
va
tayanch
iboralar.
Rahbar
etikasi.
Rahbar
etiketi.So’rashish normasi.Ish protokoli.Ish hisoboti.
Maruzani o’tish usuli (metodi).
Marua “Bilaman . Bilishni xohlayman .
Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi.
Asosiy savollar
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi
9.2. Tadbirkor madaniyati
9.3 Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni
9.1.Tadbirkor rahbar etikasi
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslari-
ga bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va
ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari –biznesmenlar doirasida
umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi.
Ishdagi
muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi,
madaniyati, dun-
yoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita
bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir.
Aytishlaricha, madaniyatli
odam tadbirkor bo’lishi
shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli
bo’lishi lozim. Arastu (Arestotel) o’z zamonida birinchi bo’lib
axloq
to’g’risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiy-
ishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”, - degan edi. Preziden-
timiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq –
ma’naviyatning o’zagi. Inson
axloqi shunchalik salom-alik, xush-
muomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iy-
mon, halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar
shuningdek insonlarning fe’l-atvorlari, ularning
qanchalik maqbul nuqtai
nazardan ko’rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Tara-
qqiy yetgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika
kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilar-
monlik kodeksi” keng qo’llaniladi. “Biznesmenlarning axloq kodeksi” bi-
rinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo’lib,
unda tadbirkorlik
faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona
76
asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi
usul va siyosatni baholash,
haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan.
Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu
borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajriba-
siga asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum
bo’lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:
Dostları ilə paylaş: