78
dialektik bog’lanish tushuniladi. Bu bog’lanish
quyidagi fazilatlar majmua-
sida o’z aksini topadi:
Odob –
aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni.
Bejiz
xalqimizda: “Aql bilan odob – egizak”, deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan
yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir.
Odob vositasida kishi o’z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ay-
blardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi.
Natijada aql
egalari bunday tadbirkordan har ishda rozi bo’lishadi.
Odobli tadbirkor esa
kundan kunga obro’ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Umuman odob ikki xil bo’ladi:
hikmat odobi;
xizmat odobi.
Hikmat odobi
poklik va to’g’ri yo’lga etaklaydi.
Xizmat odobi
esa
badavlatlik va obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo’lib, biri aziz
qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Odob rahbarni
aql va axloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof
ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi.
Imon
arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli ki-
shini, xususan rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha
shunday tavsiflash mum-
kin:
e’tiqodli,
ya’ni o’z
fikr va qarashlariga mahkam,
sobitqadamlik bilan
ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan
ishonishdir. Ye’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi;
maslakli,
ya’ni o’ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo’l sohibi;
Dostları ilə paylaş: