1. Umumiy qoidalar -
xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha
shakllari bilan bir qatorda teppa-tengdir;
-
tadbirkor – ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir.
Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning
obro’-e’tibori manbaidir;
-
tadbirkor o’z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o’z hamkorlari-
dan ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni qo’llab-
quvvatlaydi;
-
xususiy xo’jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga
olib keladi va tabirkorga o’ziga xos majburiyatlar yuklaydi.
2. Tadbirkor va davlat -
tadbirkor davlat va uning qonunlarini to’g’ridan-to’g’ri hurmat qilishi
va ularga amal qilishi lozim. O’z navbatida, u bunday yondashuvni davlatdan
ham talab qilishi kerak.
3. Tadbirkor va mijoz -
tadbirkor mijoz manfaatlari, jamiyat, davlat va atrof-muhit uchun zarar
keltirmaslikka, unga amal qilishga majburdir;
-
mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo’lgan hol-
larda tadbirkor bu to’g’rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;
-
mijoz ofertlar va ishlab chiqaruvchilarni tanlash huquqiga egadir.
Raqobat yuksak sifat kafolatidir;
-
tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish, shuningdek
bajara olishga ishonchi bo’lmagan buyurtalarni qabul qilish hollariga yo’l
qo’yishi mumkin emas;
-
va’daga vafo va aniqlik tadbirkorning qimmatli kapitalidir. Qo’l berib
tasdiqlangan so’z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir. Zero, unga bi-
noan majburiy tartibda og’zaki kelishuvni aks yettiruvchi yozma shartnoma
rasmiylashtiriladi;
-
shartnoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat tadbirkorning
jamiyat va hamkasblari olididagi g’oyat og’ir aybidir, chunki bu tad-
birkorinng sharafi, nufuzi va yaxshiga nomiga zarar keltiradi;
-
tadbirkor va mijoz o’rtasidagi munosabatlar majburlash asosida emas,
balki ixtiyoriy va o’zaro ishonch asosida vujudga keladi.