85
ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga
qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi,
maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnasevarlik kuchayadi. Ham-
korlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshi-laydi.
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi.
Bu bosqichda jamoa his-
tuyg’ulari bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi,
an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqish va intilishlarini jamoa hayoti bi-
lan bog’laydi. Atrofdagilarga ishonch ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari
mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta
mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi,
boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati
yaqqol namoyon bo’ladi.
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi
va chaqqon, ziyrak bo’lishi kerak. Tadbirkor o’ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishi
kerak. 99 foiz ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz
g’oyalar odamlarni yeshita bilishida paydo bo’ladi. Buning uchun suhbatlash-
ishni bilish, o’rganish, shaxsiy g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish,
eng asosiysi, doimo o’qish-o’rganish kerak. Aks holda, u o’z ishini baholay
olmaydi.
Dostları ilə paylaş: