www.ziyouz.com кутубхонаси
12
Meni qilsalar gar duo birla yod, Ne tong yetsa Haqdan ishimga kushod. Ilohi, ato qil so‘zimga asar Berib husn taqrir ila zebu far. Karam birla mushkullarim ayla hal. Mufassirni muassirga ayla badal. Inoyat nasimi bila ey, G’aniy, So‘zim nahlini aylagil hur ma’ni. So‘zimga gul o‘lmoqni qilg‘il nasib, Jahon ahlini qil anga andalib. Talab dashtida qilmag‘il xoru zor, Maoniy javohirlarin qil nisor. Topib kimiyo naqdi ganjinasin Hasaddin qilay resh el siynasin. Bu durlarga shoqlarni muhtoj qil, Boshig‘a saodatnishon toj qil. Yoyilg‘och jahon sahnig‘a bu durlar, Bo‘lib barcha shohu gado bahravar, Ilm naqdini qo‘lga olib tamom, Nasib et qiyomatda dorus-salom. Ilohi, yetur ishq o‘tidin sharar, Vujudim niholidin olg‘il xabar. Bu tuproqni simiyo aylag‘il, Vujudim misini kimiyo aylag‘il. Berib ishq eli ichra hamdastlig‘, Dog‘i ishqdin ber manga mastliq: Jaqon bor-yo‘g‘idin olmay xabar, Bo‘lay olami ma’nidin boxabar. Ilohi, ba-haqqi rasuli habib, Bu osiy murodini qilg‘il nasib. Qilay qissani oz, maqsudim etay bayon, Beray hukm bo‘lg‘on xabardin nishon. Amir Aziz-shoh farxunda far, Topib adlidin mulk ishi zebu far. Adolat shahrida rahshanda xur, To‘lib adli ehsonidin barru bahr. Adolatda No‘shiravong‘a qarin, Sahovatda Hotam bila hamnishin. Bo‘lib kecha-kunduz aning varzishi, Shariat ravohini buyurmak ishi. Xudojo‘y, xudotars, miskinnavoz, Suxanfahm, xushtab’, ma’nigudoz. Nasabi bahrdur garonmoyasi, Nasib ax;1ini(ng) zebu piroyasi. Qilib lutfu shafqat bila bu xitob, Bo‘lub qolsa turkiy agar bu kitob – Xaloyiq aro qolg‘uvsi yodgor, Bo‘lub din oyini, ishi poydor, Bu ish sa’yida ehtimom aylasang,
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
13
Tugatmakka jiddi tamom aylasang, Menga qolsa gar xalq aro yaxshi ot, Ne tong, lutfi Haq birla topsak najot. Eshitgach bu hukmni men purxato, Qo‘limg‘a yeturdim qalamdin aso. Kitob shuru’ig‘a qo‘ydim qadam, Duo birla chun amir Azizg‘a ham – Azizu makinu makon aylagil, Ulusg‘a shahu hukmron aylag‘il. Vujudi binosini yuz yilga tuz, Berib izzu joh, sharofat to‘kis. Falak davrig‘a toki bordur xirom, Davom et anga izzat-ehtirom.