www.ziyouz.com кутубхонаси
20
(Bu yerda substantsiya - asliyat, javhar va aktsidentsiya - o‘zgaruvchi xususiyat haqida
so‘z boradi - red.)
Va ruh odam vujudining aslidurkim, hamma qolip va badan aning tobeidur. Bas,
nechuk ruh bu nav’ bo‘lg‘usidur? Va ul toifakim, aytibdurlar ruh jismdur (deb),
g‘alat qilibdurlarkim, jism-qismatni qabul qilg‘usidur, ruh-qismatni qabul qilmas,
(ya’ni, yo‘qolmaydi).
Ammo ul nimarsaki, ani ruh atarlar va qismatini ham qabul qilur, va lekin ul nimarsa
hayvonot ruhidur. Ammo asl ruhkim, bizlar ham ani ruh atarmiz, Xudoi azza va jallaning
ma’rifati mahalli (o‘rni)dur. Hayvonotda bu ruh yo‘qdur.
Bu latif ruh va jismdur va na araz, balki javhardur. Farishtalar (shu) javhar jinsidandur.
Va bu latif ruh haqiqatini tanimoq va ani sharh qilmoqg‘a hojat yo‘qdurkim, din oyini -
yo‘lining avvali riyozatdur. Vaqtiki, solik riyozatni shartlari birla bajo keltursa, anda ma’rifat
hosil bo‘lg‘usidir. Birovdan o‘rganmoqg‘a hojat bo‘lmas.
Ma’rifat hidoyatning avvali jumlasidandurkim, Haq subhonahu va taolo aytibdur:
Vashazina jahadu fiyno lan ahdiy annahum subulano. Bizning yo‘limizda jihod qilganlarni albatta hidoyat qilurmiz. (Ankabut, 69). Va kishikim, mujohadani tamom qilmabdur, ya’ni riyozatni kamoliga yetkurmabdur,
ul kishiga ruh haqiqatini bayon qilmoq ravo emasdur. Ammo mujohada tariqin bilmagidin
ilgari podshoh - dilning lashkarlarini tanimog‘i lozimdurki, vaqtiki kishining lashkari bo‘lmasa,
jihodning qudrati yetmas.
FASL Besh hissiyot Bilginki, badan podshoh Dilning mamlakatidur. Ushbu mamlakatda podshoh-dilning turluk
anvo’i lashkarlari bordur:
Va mo ya’lamu junuda rabbika illa huva va mo hia illo zikro lil-bashari. (Muddassir, 31). Oyatning tafsiri: parvardigorning lashkarlarini o‘zidin o‘zga kishi bilmas va ul (jahannam haqidagi xabar) insonlar uchun bir eslatmadir. Bas, (Alloh) dilni xalq qilibdur (yaratibdur) oxirat uchun va dilning ishi - abadiy saodat
talab qilmoqlikdur. Va aning saodati - Haq taoloni tanimoqlig‘, uning yaratish qudratini va
yaratgan narsalarini bilmak birla hosil bo‘lg‘usidur. Bu masnu’oti olam (yaralmishlar)
jumlasidandur.
Alloh taolo insonlarga beshta hissiyot berdiki, odamlar bundin foydalansinlar deb.
Bu besh hissiyotning qarorgohi zohir badandur. Hazrati Haq subhona va taoloning
ma’rifati dilning sayyodidur. Va dil besh hissiyotning domi-tuzog‘idir va zohiri badan bu
domni ko‘targuchi ulovdur. Bas, dilning zohir badanga ushbu jihatdin hojati bordur.
Zohir badan murakkabdur-suvdin va tufroqdin, harorat va rutubatdin. Badanning zaifligi,
ajzolari muxtalif (bir-biriga zid) bo‘lg‘on jihatdindur. Va badanning botini, ya’ni, ichi
tarafidin xatari halokdadur - ochlik va tashnalik sababidin. Va zohiriy tarafdin (ham)
xatari halokdadur: Obu otash sababi, o‘g‘ri va dushmanlar qasdi va mundin o‘zga
sabablardin. Bas, badanni tashnalik sababidin taom va ichimlikka hojati bordur.
Badanning yemak va ichmak jihatidin ikki lashkarga hojati bordur. Bu ikki qism
lashkardin bir qismi zohiriydur. Chunonchi: qo‘l, oyoq, og‘iz, ko‘z, me’da. Yana bir qism-
lashkari maxfiydur. Chunonchi, taom va sharobning xohishi (ishtaha) lashkaridur.