www.ziyouz.com кутубхонаси
21
Va badanni zohiriy dushmanlardin daf’ qilmoq uchun ikki qism lashkarga hojati bordurki,
zohiriydur. Chunonchi, qo‘l va oyoq, yana libos kiymaklik. Yana bir qism - lashkari
botiniydurkim, chunonchi shahvat va g‘azab.
Mumkin ermasdurkim, taomni ko‘rmay talab qilmoq, dushmanni ko‘rmay daf’ qilmoq.
Bas, dil idrokotga hojati bordur; bu idrokning ba’zisi zohiriydurkim, ul besh sezgi - his-
havasdur. Chunonchi, ko‘z, quloq, burun va quvvati zoiqa, ya’ni bir nimarsani totib bilmak.
Va quvvati lomisa, ya’ni, silab bilmoqlik.
Bu idrokotning ba’zisi botiniyki, bu ham beshtadur. Chunonchi: 1. Xayol. 2. Tafakkur. 3.
Hifz (Xotira). 4. Tazkir (yodlash). 5. Va quvvati tavahhum (dushmandan ehtiyot). Va bu
havosning qarorgohi dimog‘dur.
Ushbu hislardin har birining xos qilur amallari bordur. Agar shu his - sezgilardan biriga xalal
yetsa, odamlarning qiladigan amallariga xalal yetqusidur.
Va bu lashkarlarning hammasi zohir va botinda podshoq dilning farmonidadurlar. Va Dil
bular uzra amir va podshohdur.
Vaqtiki, dil tilga farmon bersa, darhol so‘zga kelur. Agar qo‘lga farmon qilsa, bir
nimarsani tutar. Vaqtiki, oyoqqa farmon qilsa, harakatga kelur. Agar ko‘zga farmon
qilsa, ko‘rar. Agar quvvati tafakkurga farmon qilsa, fikr - andishaga mashg‘ul bo‘lur. Bas,
bu lashkarlarning hammasini podshoh dil lashkar madadi birla badan mamlakatin
dushmanlar hujumidan saqlab, oxirat safari yo‘l ozig‘in tayyor aylab, o‘zining sayyidi,
ya’ni Haq taoloning ma’rifatin hosil qilib va oxirat tijoratin oxiriga yetkurub, saodat
urug‘ini sochg‘ay. Va bu lashkar podshoh dilning itoatida bo‘lmog‘i farishtalarning Haq
taolo itoatida bo‘lg‘oniga o‘xshashdurkim, hech amrda xilof qilmaslar. Balki o‘z xohish va
rag‘batlari birla farmonbardordurlar.
FASL Dil tobe’larining bayonida Dil lashkarini tafsili birla bayon qilmoqlik uzoqg‘a tortqusidur. Va onchakim maqsuddur,
tamsili birla senga bildurg‘aymen. Bilg‘ilki, taning misoli shaharga o‘xshashdir. Qo‘l va oyoq va
o‘zga a’zolar bu shaharning hunarmandlarig‘a o‘xshashdur. Va shahvat bu shahar xalqidin boj,
xiroj olmoqg‘a mutasaddidur. Va g‘azab bu shaharning tungi podshohidur.
Dil - bu shaharning podshohi. Aql bu shahar podshohining vaziridur. Bu podshohning mazkur
bo‘lg‘anlarga hojati bordur. Mamlakat ishi bular bilan saranjom bo‘lg‘ay.
Va lekin shahvatkim, omili xirojdur (ya’ni, soliq yig‘adigan mansabdor shaxs),
yolg‘onchi va badkirdor va haqni botilga alishtirg‘uchidur. Va har ra’yi savobiykim, vazir
Aql aytur, shahvat aning muxolifatida ish qilmoqni xohish qilur. Va hamisha xohishi
uldurki, har mol-amvol, boyliklarki, badan mamlakatida bordur, xiroj bahonasi birla
nohaq olg‘ay. Va g‘azabkim, bu shaharning tungi podshohidur, qattig‘ va tundxo‘y va
nohaq ishlarg‘a dalerdur (ya’ni qo‘rqmaydigan). Hamisha o‘ldirmoq va sindurmoq va
nohaq qon to‘kmoqni do‘st tutar. Chunonchi, bir shaharning podshohi hamma
mashvaratni vaziri birla qilsa, va omil va o‘g‘rilarga jazo bersa, va har so‘zkim,
vazirning xilofida aytadur, podshoh anga quloq solmasa, tun podshohin anga musallam
qilsa (bo‘ysundirsa), toki omilni badkirdorlig‘idin man’ qilsa, va podshoh shabni
ham vazirni farmonida shikastlik birla tutsa, toki o‘z haddidan tashqari qadam
qo‘ymasa. Vaqtiki, podshoh bu tariqa birla mamlakatdorlik qilsa, har sohada mamlakat
ishi nizomida bo‘lg‘usidur. Bunga o‘xshash vaqtiki podshoq Dil vazir - Aqlning maslahati
birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlning‘ zerdasti va farmonida qilsa, badan
, mamlakati aning nizomida bo‘lg‘usidur. Va saodat yo‘lini topib, Haq taoloning
ma’rifatin hosil qilg‘usidur. Va agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa,