www.ziyouz.com кутубхонаси
19
Ahadiyatdurkim, ul dargohdin kelgandur. Yana ul dargohga yong‘uvchi -
qaytg‘uvchidur. Dil bu olam manzilgohida g‘aribdurkim, musofirlik uchun kelibdur.
Dilning bu olamda musofirligini bayon qilg‘umdur. Inshoolloh taolo.
FASL Dil haqiqati Bilgilki, dilning haqiqatini tanimoq, to dilning vujudin bilmaguncha hosil bo‘lmas.
Avval dilning vujudin bilg‘aysen. Andin keyin dil haqiqatini tanimoqni talab
qilg‘aysankim, ul nechuk nimarsadur?
Andin keyin podshoh dilning lashkarini tanig‘aysenkim, ul nechuk toifalardur?
Andin keyin podshoh dilning va bu lashkarning orasidagi aloqa va munosabatlarni
bilg‘aysen. Andin - keyin dilning sifatlarini tanig‘aysenkim, Haq subhonahu va
taoloning ma’rifatlarini nechuk hosil qilgusidir? Ushbu ma’nolarning har biriga
ishorat qilibdurlar.
Ammo, dilning vujudi zohir badan birla ermasdurkim, badan o‘luklarda ham
bordur. Biroq, ularda ruh yo‘qtsur. Agar kishi botin ko‘zini ochib, zohir ko‘zing
birla ko‘rsa bo‘ladur, hammasini (vaqtincha unutsa) ruhining vujudini nochor
tanig‘ay. Agarchandiki, zohir badan osmonu zamin, o‘zga mavjudotlardin
bexabar qolsa, ruhidan ayrilg‘usidir. Vaqtiki, inson bu ishlarni yaxshi o‘ylab
ko‘rsa, oxirat haqiqatidin andek tanig‘onidur. Bir payt kelurki, insondan bu zohir
badanni olurlar va seni andog‘ yerga elturlarkim, na sen va na ul makon foniy
emasdur (ya’ni, abadiy dunyoda inson ham, u yashayotgan makon ham
yo‘qolmaydi).
FASL Ruh haqiqati Ammo ruh haqiqati nimadur va oning xos sifatlari nechukdur, bularni bayon
qilmoqqa shariat ruxsat bermaydur. Ushbu vajhdindurki, hazrati Rasuli
alayhissalom sharh qilmabdurlar. Chunonchi, Haq taolo aytibdurkim:
Va yas’alunaka ani-r-ruh, qul ar-ruhu min amri rabbi. Ya’ni: Ey Muhammad, sendin ruh haqida so‘raydilar, aytgil, ruh parvardigori olam amridandur. (Al-Isro, 85) Bas, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: ruh sirri ilohiy jumlasidin va xojai olam
amridindur demakdin ziyodai ruxsat topmabdurlar.
Har nimarsaki, andoza (eni, bo‘yi) va miqdori bilan o‘lchansa, ani olami xalq
atarlarkim, xalq asli lug‘atda miqdor va andozali xilqat ma’nosidadur. Dil javharining
miqdori va hajmi yo‘kdur. Ushbu vajhdin yo‘qolish qismatini qabul qilmas. Va agar
qismatni qabul qilsa, joiz bo‘lur erdikim, dilning bir qismi haqida ilm bo‘lg‘ay erdi.
(Ruhiyat olimlari, ruh san’atkorlari bu olamni ozroq biladi). Bas, dil sohibi bir holda
ham olim va ham johil bo‘lmog‘i lozim kelurki, bu maholdur. Abadiy yo‘qolmasligi - andoza
va miqdorga bo‘ysunmasligi birla ruhni hazrati Haq subhonahu va taolo ofarida
qilg‘aydurkim, ofarida so‘zi - xalq qilg‘an, yaratgan ma’nosida kelur.
Shu ma’noda miqdor va andoza (shakl) topgan narsalar bu olam xalqi jumlasidandir.
Ul nimarsalarki, miqdor va andoza anga yo‘l topmagay - olam xalqidin ermasdir.
Bas, ul toifalarkim, gumon qilibdurlar, ruh qadimiydur (deb), g‘alat qilibdurlar. Ul
toifalarkim, aytibdurlar ruh araziydur (o‘zicha mavjud emas) deb, g‘alat (xato)
qilibdurlarkim, araz o‘z zotida qoyim ermasdur, balki yana bir qism javharga tobe’dur.