www.ziyouz.com кутубхонаси
29
FASL Dilning qudratlari bayonida Bas, odamiyning ma’rifat yo‘lidagi sharofati va xosiyatini taniding. Endi bilg‘ilki,
dilning qudrat jihatidan ham chandon sharofat va xosiyatlari bordur. Va bu xosiyatlar ham
farishtalar xislatidandurkim, o‘zga hayvonotlarda yo‘q. Ul xosiyat budurkim, chunonchi
jismlar olami farishtalarga musaxxardur. Ular hazrati Haq subhonahu va taoloning izni
birla xalqg‘a hojat bo‘lgan vaqtida yomg‘ur yog‘dururlar. Va bahor faslida shamol yetkururlar
va hayvonotg‘a onasi rahmida va nabototga zamin sahnida yaxshi suratni orasta aylarlar.
Bas, mavjudotning har jinsiga bir guruh farishta muakkildurlar.
Odam dilikim, farishtalar gavhari jinsidandur, aning ham bu tariqa qudratlari bordurkim,
olam jismlarining ba’zisi dilga musaxxardurlar. Bularning olami xossi (o‘ziga xos olami) har
birining o‘z dilidur. Bas, badan dilga tobe’dur.
Ma’lumdurki, dil zohiriy badanning tasarrufida ermas. Ilm va iroda ham badan
tasarrufidin xorijdur. Vaqtiki, dil farmon qilsa, barmoqlar harakatga kelur. Vaqtiki dilda
g‘azab paydo bo‘lsa, yana andomning tomirlari qushoda bo‘lur. Va bu yomg‘irga
o‘xshashdur. Vaqtiki, shahvat xohishi ko‘ngilga yo‘l topsa, zavq-shavq nasimi ayshu-
ishrat olamini qiyomga keltirur.
Vaqtiki, taom yemakni ixtiyor qilsa, tilni ostida suvni keltirib taomni ho‘l qilib
yutmoqg‘a salohiyat paydo qilur. Bas, ma’lumdirki, dil tasarrufi hamon tanda joriy va
hamon badan dilning ixtiyoridadur.
Va lekin bilgaysen: Ba’zi dillar bo‘lurkim, sharifroq va komilroq, farishtalar javhariga
yoviqroq (ya’ni yaqinroq) dir. Bu nav’ dillarga o‘z badanlaridan o‘zga barcha mavjudotlar
mute’ va itoatdadur. Masalan: Ularning haybati sher va yo‘lbarsga tushsa, sher va yo‘lbars
bular oldida zabun va mute’ bo‘lur. Va agar bular (valiylar) bemorga boqsa u sihat topar.
Va agar tani durustga g‘azab birla qarasa, bemor bo‘lur. Va agar yiroqni yaqin
qilmoqni xohish qilsa, turfatul ayn ichra hozir qilur. Agar yomg‘ur yog‘moqni xohish
qilsa, yog‘dirur.
Bu nav’ ishlar mumkindurkim, burxon-aqlu tajriba birla ma’lumdur. Ko‘z tegmak va
sehr qilmoq ham munga o‘xshashdurkim, nafsi xasis va xabisning yana bir jismga ta’sir
qilmog‘idur. Chunonchi, bir xasis va xabis hirsi hasad tariqasi birla hayvong‘a yo bir
insong‘a yomon ko‘z-la boqur, o‘lmagini xohlasa, nochor o‘lur. Chunonchi, qadisda
kelibdurki:
Al’aynu tudxilur - rajula fil qabri val jamala fil qidri. Ya’ni ko‘z tegmoq - insonni qabrga va tuyani qozonga olib borur. Bas, bu ham dilninng ajoyib qudratlari jumlasidandur. Bu nav’ xosiyatlar agar
xalqni iymonga davat qilodurgon kishidan sodir bo‘lsa, bu fe’lni mu’jiza derlar. Ul kishini
payg‘ambar derlar. Va agar iymonga da’vat qilmay, kori xayr uchun bo‘lsa, ul kishini
valiy derlar.
Va agar yomon ishlar uchun bu nav’ (ajoyibotlar) voqe’ bo‘lsa, ani sohir, ya’ni sehr
qiluvchi derlar. Bas, sehr va karomat va mo‘‘jiza hammasi - odam dilining xosiyatlari
jumlasidandur. Agarchi bular orasida farq bisyordur, bu kitobda ani tamom sharh
qilmoq mumkin ermas.