www.ziyouz.com кутубхонаси
25
Alloh taolo o‘z bandalariga marhamat qilib aytadurki:
Yavma lo yanfa’u molun va la banuna, illo man atalloha bi qalbin salimiyn. Oyat tafsiri: Gunohkorlarga ul kunda mol dunyosi va farzandlari naf bermas, magar ul kishi najot topurkim, Haq taoloning dargohida xolis va ravshan, pok qalb birla kelibdur. (Shuaro, 88). Odam dili ibtidoi temirga o‘xshashdurkim, aningdin oyinai ravshan qilurlar. Agar
oyinani sof va ravshan tutsalar, hamma olam aning ichida ko‘rinur va agar
oyinaga zang va tiyra o‘ltursa, hech nimarsa aning ichida ko‘runmas. Chunonchi,
Haq taolo aytar:
Kallo bal rona ala qulubihim mo konuv yaksibuna. Oyatning tafsiri: batahqiq bilki, odamlar ko‘ngillari oyinasida qilg‘on amallarini ko‘rurlar. (Mutaffifun, 14). FASL Dilni yomonlikdan pok qilmoq bayonida Hamono aytursankim, odam vujudida yirtqich hayvonlar va shaytonlar va maloika
sifatlari bordur. Qaysi dalil birla bilurmizkim, odamning asli farishtalar gavharidin
bo‘lib, o‘zga sifatlar araziy va g‘arib bo‘lg‘aylar? Va nechuk bilg‘aymizki, odamni
farishtalar avsofi hamidalarni hosil qilmoq uchun xalq qilg‘ondur, o‘zga sifatlarni
hosil qilmoq uchun xalq qilmag‘ondur?
Bas, bilgil va ogoh bo‘lg‘il, bu dalil birla aniq bilursenki, odam darranda va
chahorpolardin (to‘rtoyoqlilar - hayvonlardan) sharofatlig‘ va komilroqdir. Alloh har
nimarsaga bir kamol beribdurki, ul kamol ul nimarsani nihoyati darajasidadur. Bas,
ul nimarsani ushbu kamol uchun xalq qilg‘on bo‘lg‘ay. Buning misoli ulki, ot eshakdan
sharofatlirokdurki, eshakni yuk qo‘tarmoq uchun xalq qilibdur. Va otni g‘oziylar va
bahodirlar ostida jihod maydonida yugurmoq uchun xalq qilibdur. Va eshakka otga
o‘xshash yugurmoq quvvatini ham beribdur. Bas, g‘azot maydonida otning ustiga egar
solib yugurmoqlik kamol va martaba darajasidur. Agar bu kamoldin ojiz bo‘lsa, anga
to‘qum urib eshak o‘rnida yuk yuklarlarkim, eshak birla barobar bo‘lg‘usidur. Bu
martaba aning nuqsoni va haloki bo‘lur.