Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
33
kim, ta’biga ko‘ra taqozo qilg‘ay. Va ta’bi ani
taqozo qilurkim, ani o‘sha narsa uchun ofarida
qilg‘on (yaratgan) bo‘lg‘ay. Chunonchi, shahvatning lazzati o‘z orzusiga yetmoqdadur.
G’azabning lazzati dushmandin intiqom, ya’ni o‘chini olg‘onda bo‘lur. Va ko‘zning lazzati
zebo surat va oftob tal’atga nazar solg‘ondadur. Va quloqning
lazzati kuy va ovozi
dilkashni eshitmoq birla bo‘lur.
Bunga o‘xshash dilning lazzati ruhiyatdadurkim, dilni aning uchun ofarida qilibdur. Dilning
xossasi uldurki, hazrati Haq subhonahu va taoloni, osmon sifatlaridin boshlab, hamma
mavjudotning haqiqatini bilmoklikdur. Ammo shahvat va g‘azab va o‘zga maxsusotkim, ani
besh hissiyot yo‘li birla bilgali bo‘lur,
bular yengildurki, bahoyim va hayvonotlarda ham bordur.
Ushbu vajhdindurkim, odam o‘zi bilmagan nimarsani bilmoqg‘a taqozo va harakat qilur.
Vaqtiki bilsa shodu xurram bo‘lur.
Masalan, shatranjga o‘xshashdurkim, shatranj bilur kishiga aytsakim, shatranj
o‘ynamagil, sabr qilmog‘i, dushvordur. Na uchunki, ajib va g‘arib o‘yin
o‘rganibdurkim, anga faho va nozish qilur.
Bas, bildingki, dilning lazzati haqiqat korlarini bilmokdadur. Bilgilki,
qay nimarsaning
ma’rifati azizroq va sharifroq, aning lazzati to‘laroqdur. Birov vazir birla hamasror bo‘lub,
podshohni ahvolidan xabar tutsa, albatta shod bo‘lur. Ammo kishikim podshoh birla
do‘st bo‘lib, hamnishinlik qilib, tadbiri mamlakatdin xabardor bo‘lsa, buning shodligi
chandon ziyoda bo‘lur. Agar ilmi handasani zabt qilib, osmonlarning mikdorlarini bilgan
kishining lazzati podshohlik lazzatidin, shatranj bilgan kishining lazzatidin ziyodadur. Va
har nimarsaki,
ani bilmak sharifrokdur, aning lazzati ulug‘rokdur.
Bas, hech mavjudot hazrati Haq jalla va a’lodan sharifroq emasdurki, hamma
mavjudotning sharofati aning birladur. Va hamma olamning va bu olamning ajoyiblari
Haq taoloning yaratish qudratlarining osoridur, ya’ni nishonalari va belgilaridur. Bas,
hech ma’rifat Haq taoloning ma’rifatidin sharifroq va azizroq va lazizroq emasdur. Hech
nazzora hazrati parvardigori olamning ajoyib san’ati va g‘aroyib qudratlari nazzorasidin
xushroq va lazzatliroq emas. Negaki dilning tab’i
va taqozosi ushbudur, dilni buning uchun
yaratibdur.
Bas, ul dilkim, bu ma’rifatning taqozoyi aningda botil bo‘lubdur, bemor tanga
o‘xshashdurkim, taqozoyi g‘izo andin botil, bo‘lg‘ayki, aning nazdida tosh va nonning farqi
bo‘lmas. Agar ul bemorning mijozi sihhatiga davo qilib, ishtahoyi tabiiy,
joyiga kelmasa, bu
jahon badbaxtidurki, halok bo‘lg‘usidur. Va ul kishikim, dunyo aloyiqining zavqi ko‘ngliga
g‘olib bo‘lib, hazrati Haqsubhonahu va taoloning ma’rifati zavqi kam bo‘lsa,
ul albatta bemordurki, agar iloj qilmasa, ul jahonning badbaxti bo‘lib halok
bo‘lg‘usidur.
Charoki, maxsusotdin har nav’ lazzat yetar. Va zavqkim, odamiy badaniga taalluq
topar, hammasi o‘lmak birla botil . bo‘lur. Va ul zavqu lazzatlarni deb tortqon ranju
meqnati ham zoe’ va botil bo‘lur. Va hazrati Haq subhonahu va taoloning ma’rifati
lazzatikim, dilga taalluq topibdur, o‘lmak birla botil bo‘lmas. Balki yuz chandon bo‘lur,
charoki, odam vafot etgan birla dil halok bo‘lmas, va ma’rifati ilohiy dilda barqaror
turar.
Balki ziyoda, ravshan bo‘lur. Va , bu so‘zlar tavilini bu kitobimning oxirida
muhabbat asllarida bayon qilg‘umdur. Inshoalloh taolo.
Dostları ilə paylaş: