www.ziyouz.com кутубхонаси
35
quvvatkim, jigardin suvni tortib, masonaga (siydik qopiga) quyar, saqqog‘a
(suvchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, nazlani uchovdin (ichakdan) chiqarur,
jorubkash (farrosh)ga o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, badanni tahob (xarob)
qilmoq uchun safro va savdoni ziyoda qilur, iyor mufsidga (fasodchiga)
o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, safro va o‘zga illatni daf qilur, odil umaro (amirlar)ga
o‘xshashdur. Bu so‘zlar sharhi ham bisyordur. Ammo maqsud ulki, bilg‘aysenki,
botining olamida chandon muxtalif maxluqotlardurki, hammasi kecha vya kunduz
sening xizmatingda bo‘larkim, bir soat osoyish olmaslar.
Ammo sen xobi g‘aflatdadursenki, na bu xizmatkorlarni bilursen va na bu
xizmatkorlarni berguvchig‘a shukru-sano ado qilursen. Agar kishi bir g‘ulomini bir
yillik xizmatga bersa, hamma umringda ul kishiga shukr aytib, minnatdorlik
qilursen. Ammo ul zotkim, chandon ming hunarmand va xizmatkorlarni zohiring
va botining xizmatiga yuboribdur, bir lahza xizmatingdin g‘ofil bo‘lmaslar, bas, ul
zotni va ul xizmatkorlarni hech yodingga kelturmassen. Va shukrguzorlik haqqin ado
qilmassen.
Bas, bilgilki, zohiriy va botiniy a’zolarning tarkibini bildurgon ilmni ilmi tashrix atarlar.
Ulug‘ ilmdurkim, xalq aningdin bexabardur. Ul kishikim o‘qibdur, ilmi tibda ustod
bo‘lmoq uchun o‘qur. Va ilmi tib ham muxtasar ilmdur.
Agarchandiki ilmi tashrixni bilmog‘ingdin mazhab tarixini bilmoqqa doxil yo‘qtur,
ammo bu ilmni bilgan kishi Haq subhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish
kudratlarini bilmoq birla uch xosiyat hosil qilur. Avval ulki, bilurkim: bu qolipni bino
qiluvchi va bu shaxsni ofarida etuvchi (yaratuvchi) andog‘ qodir va barkamoldurkim, hech
nuqson (ayb, kamchilik) va ojizlik aning qudratiga yo‘l topmas. Har ishni xoxlasa qilur. Va
hech kori mundin ajibroq ermasdur, bir qatra zotga o‘lgandan keyin tirgizmak (tiriltirmoq)
chandon osonrokdur.Ikkinchidan, bilurkim: Haq taolo olimi bokamoldurkim, ilmi
hamma korlarga muhitdur, bu tariqa ajoyib maxluqotlarni mundog‘ purhikmatlari birla
xalq qilmoq ilmi kamolsiz aslo mumkin emas.
Uchinchi ulki, hazrati Haq subhonahu va taoloning bandalariga lutfu marhamati va
inoyatining hech nihoyati yo‘qdurkim, bandalarga lozim nimarsani tamom yaratibdur,
hech kam qilmabdur. Va ul nimarsalarkim, bo‘lmog‘i zaruriydur, barchasini to‘la-to‘kis ado
qilibdur. Chunonchi, dil va jigar va o‘zga a’zoi rasolar, qo‘l va oyoq, zabon (til), ko‘z, va ul
nimarsalarki, bandaning anga hojati tushmas va zarur ham ermas va lekin bu nimarsalar
bo‘lg‘onidin bandaning ziynati xo‘blugi (go‘zalligi, husndorligi) ziyoda bo‘lur, ani ham ato
qilibdur. Chunonchi, mo‘yni qoraligi va labning qizilligi va qoshning egriligi va mijjalarning
(kiprik) tuzlig‘i (to‘g‘riligi). Va mundin o‘zga ham chandon inoyatlari bordur. Va Haq
taoloning inoyati tanho odamga xos ermasdur, balki anqodin pashshagacha va fildan
chumoligacha hamma mavjudotga shomildurkim (tegishli), hammasini guno-gun surat va
rango-rang naqsh birla oroyishlar beribdur.
Bas, tanning yaratilishi tafsiliga nazar qilmoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining
kalididur. Shu sababdin bu ilmi sharifdur. Sharofati tabiblar hojati tushgan jihatdin ermas.
Chunonchi, «She’r» va o‘zga kitoblarda, shoir va musannif (muallif) va hunarmandlarning
qadri va sha’nini bilursan. Bas, Haqsubhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish
qudratlarini mushohada qilmoq ham hazrati Haq subhonahu va taoloning zoti va azimatini
tanimoqg‘a bir kalitdur. Bas, badan ilmini bilmoq ham o‘z nafsini tanimoq uchun bir bobdur.
Va lekin dil ilmini shunga o‘xshatish muxtasardurkim, tan otga o‘xshashdur. Va dil
suvoriyga o‘xshashdur. Ofarinishdin (yaratilishdin) maqsud suvbriydir va markabni suvor
uchun xalq qilibdur. Bas, o‘zingni osonlik birla tanigaysenkim, hech nimarsa o‘zingga
o‘zingdin yaqin ermasdur. Kishikim o‘z nafsini tanimay, o‘zga nimarsalar haqiqatini
bilmoqni da’vo qilsa, ul gadoyga o‘xshashdurkim, o‘zi yegali non topmagay va da’vo