www.ziyouz.com кутубхонаси
43
anga havola qilibdur. Nujumning (kimga) musaxxarligidin xabar topmabdurkim,
Va ash-Shamsa va-l-Qamara va an-nujuma musaxxxaratin bi amrihi. (A’rof, 54). Ya’ni, Quyosh, Oy va yulduzlar Haq subhonahu va taoloning amriga tobe’ va
musaxxardurlar. Musaxxar deb ani ayturmizki, yana birovning farmoni birla ish qilg‘ay.
Bas, nujum o‘zicha hech bir ish qilolmas, balki farishtalar farmonicha ish qilur. Chunonchi,
payning amali atrof badanni harakat qildurmoqda, (u) dimog‘dagi quvvatning asaridindur.
Bas, kavokib (yulduzlar) quyi martabadagi xizmatkorlardandur.
Yulduzlar garchi naqiblar (e’tiborli zotlar) darajasidadur, ammo sifliy olamdadur. Anosiri
arba’ga o‘xshash quyi martabadagi chokarlardandur. Kotib qo‘lidagi qalamga o‘xshash.
FASL Tabiiyunlar ojizligi bayonida Ba’zi tabiiyunlarni (olamni faqat moddiy deb biluvchilarni) bu vajhdin tushunsa
bo‘lurkim, hammalari rost ayturlar, va lekin ba’zilari ko‘rmay, ko‘rgan va bilganning da’vosini
qilurlar. Bas, bularning misoli bir guruh ko‘rlarga o‘xshashdur. Eshitibdurlarki, ularning
shaqrig‘a fil kelibdur. Bular jam’ bo‘lib kelib, filni qo‘llari birla silab, tanimoqni xohish
qilib, ba’zisi filning qulog‘ini va ba’zisi oyog‘ini va ba’zisi dandonini (tishini) silab, yonib-
yonib (shoshib-qaytib) qolg‘on ko‘rlarga fildin xabar berg‘aylar.
Ul kishikim, filning oyog‘ini silabdur, aytibdurkim, fil ustunga o‘xshash narsa ekan. Va
ulkim, qulog‘ini silabdur, ayturkim, fil gilamga o‘xshash nimarsadur. Bu toifalar hammalari
rost aytur va ham xato qilurlar. Filni birgina a’zosi birla taniganini gumon qilurlar. Ammo
ba’zi a’zosidin xabardor, o‘zgasidin xabarsizdurlar. Munga o‘xshash, munajjim va tabiiyun
ham Hazrati Haq subhonahu va taoloning chokarlaridin ba’zisini tanib, aning saltanat
va g‘olibligidan taajjub qilib, aytibdurlarkim, podshoh ushbudur. Va ul kishikim, anga rost
yo‘lni ko‘rsatibdur va hammaning nuqsonini ko‘ribdur, ayturkim, bular yana birovning
farmonidadur. Va har nimarsakim, boshqaga tobe’ va musaxxardur, xudo emasdur.