Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
41
shaklni saqlag‘uvchmdur. Charoki, agar rutubat bo‘lmasa shakl paydo bo‘lmas. Ag‘ar 
yubusat bo‘lmasa shakl to‘xtamas. Chunonchi, qalam barmoqlar madadidin harakatga 
kelib, o‘z ishini tamom aylab, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi naqshga muvofiq 
hislar yordami birla qog‘ozda suvrat bog‘ladi. Munga o‘xshash anosiri arba’adin harorat 
va burudat harakatga kelib, faryshtai muakkallar yordami birla jonzot, o‘simlik, 
balki tamomiy mavjudot suvrati Lavhul mahfuzdagi suvratga muvofiq jahon 
maydonida jilvaga kelur. Chunonchi, bandaning qilur ishlari avval dilda paydo bo‘lur. 
Odam kori dilni orasta qilsa, badan mamlakati tadbirini xo‘bluq birla qilur. Munga 
o‘xshash, hazrati Haq taolo Arshni xalq qilug‘uvchi va Arshga g‘olibdurkim, hamma qudrati 
komilasi birla Arshni barpo aylab, olam mamlakati tadbirini qilg‘uvchidur. 
Summastavo ala-l-Arshi yudabbirul-amra. (Yunus, 3).
 
Ya’ni, hazrati Haq taolo Arshga g‘olibdur. Hamma olam mamlakatining tadbirini 
qilg‘uvchidur. Bilg‘ilki, bu mazkur bo‘lg‘on hammasi haqiqatdurkim, ahli haqiqatga kashfi 
zohir birla ma’lum bo‘libdur. 
Innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi ma’nisini nechuk bilurlar? Haqiqat bilgilki, 
podshohlikni podshohlardin o‘zga kishi bilmas. Va agarchi Haq subhonahu va taolo 
vujuding mamlakatiga dilni podshoh qilmasa, hazrati xudovandi olamning podshohligini 
bilmas erdi. Bas, shukr qilg‘il ul podshohg‘akim, seni xalq qildi va o‘sha vujuding 
mamlakatiga seni podshoh ayladi. 
Bas, dildin senga Arshni muhayyo ayladi. Va dimog‘din Kursi bino ayladi. Va xazinai 
xayoldin Lavhul mahfuz berdi. Ko‘z va quloq va besh hissiyotdin xizmatchilar ato qildi. Va 
qubbai dimog‘ekim, hamma paylar manba’idur, ani osmon va sitoralar o‘rnida karam 
ayladi. Barmoq va qalam, siyohni (dilga) mute’ va musaxxar qildi. Bas, seni yagona Alloh 
bechun va bechigunalik birla ofarida qildi. 
Bularning hammasiga seni podshoh qildi va Haq taolo senga xitob qildiki, zinhor 
o‘zingdin va podshohligingdin g‘ofil bo‘lmag‘ilki, bulardin g‘ofil bo‘lsang, parvardigordin 
g‘ofil bo‘lganingdur. 
Fa innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi, a’rif nafsaka yo insonu, ta’rif robbaka. 
Va chindin ham Alloh taolo odamni o‘z suvrati birla yaratdi, va ey odam, o‘zingni 
bilgil va rabbingni bilgil! 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin