www.ziyouz.com кутубхонаси
37
FASL Haq subhonahu va taoloni tanimoq bayonida O’tgan anbiyolar kitoblarida bu qavl masturdirki (yozilgan):
A’rif nafsaka, ta’rif rabbaka. Axbor va osorlarda kelibdurki: Man arafa nafsahu, fa qad arafa rabbahu. Hikmat: Avvalgi arabiyning tarjimasi ulki: tanigil o‘zligingni, tanursen parvardigorni. Ikkinchi hadisning tarjimasi ulki: inson o‘z nafsini, ruhini tanibdur, parvardigorini
ham tanigay.
Bu kalimalar dalildur mungaki, nafsi odamiy oyinaga o‘xshashdurkim, kishilar ul
oynaga qararlar, haq taoloning jamolini ko‘rmaslar. Bas, Haq taoloni dil
oyinasida ko‘rish, ikki vajh birla hosil bo‘lur. Avvalgi vajh mushkul va
po‘shidaroqdur (yashirin) kim, ko‘pchilik kishilar ul vajhni fahm qilolmaslar. Bas,
kishi fahmiga sig‘magan so‘zni qilmoq savob ermas.
Ikkinchi sabab buki, hamma xalqning fahm qilmog‘i osondur. Odamiy o‘z zotining
mavjudligidin Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini tanir va o‘zidagi
sifatlardin Haq taoloning sifati subutiyya va talbiyalarini bilur. Va o‘z mulki, badaniga
egalik qilishdan Xudovandi olamning hamma olamg‘a egaligini anglar. Va bu so‘zlarning
tafsiri ulki, vaqtiki, odamiy o‘z vujudini tanisa, bilurkim, bu olamga kelmasdin ilgari
otasi pushtida nasiba yo‘q erdi, anda aql va sam’ (quloq) va basar (ko‘z), va fut (oyoq)
va ustuxon va pay, go‘sht va po‘stdin nasiba yo‘q erdi. Bas, bu ajoyiblar odam vujudida
o‘zi paydo bo‘ladimi va yo bir kishi paydo qiladimi?
Bas, bu vaqtdakim darajai kamolda sen bir mo‘y (tuk) - chog‘liq nimarsani
yaratmoqdan ojizsen. Va ul vaqtkim, bir qatra suv eding, mundin ojizroq eding.
Bas, nochor o‘z zotingni bu tariqa qodir va tavonoligidin (kuchli, quvvatli)
parvardigori olamning qudratlarini mushohada qilg‘aysen. Vaqtiki, odam o‘z
badanida zohiriy va botiniy ajoyiblarig‘a nazar qilsa, olam yaratguvchisining
qudratlarin bilurkim, bir qatra suvdin odami bokamol va bojamolni chandon
ajoyib va badoyi’ (go‘zalliklar) birla xalq qilibdur.
Vaqtiki, odam o‘z sifatlariga, g‘aroyib a’zolarining manfaatlariga boqsa,
chunonchi: a’zoyi zohiriylari - qo‘l va oyoq, ko‘z va quloq va til. Va a’zoyi botiniy:
jigar va qorataloq va yurak va mundin o‘zga hammasini ajoyib hikmat va g‘arib
sifatlar birla ofarida qilibdur.
Haq taoloning ilmi va qudratlari kamolini bilgilkim, Xudoi taoloning ilmi har narsaga
qodirdir. Aning ilmidan tashqari hech ilm yo‘qtur. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lib (urinsa)
odam a’zolarining bir uzvini (bo‘lagini) yarata olmaslar. Haq taolo xalq qilgon suratdin
ho‘broq (chiroyliroq) yana bir surat taqdir qilmog‘ini fikr va andesha qilsalar, hargiz
o‘xshata olmaslar. Masalan: tish surati yana bir suratda bo‘lmog‘ini fikr va andesha qilsalar.
Chunonchi: o‘ttiz ikki adad tishlarning oldingisi sartez (uchli, o‘tkir) va toblig‘dir. Toki taomni
kesib yegay. Va oziq - jag‘ tish barcha tishlarning ummiyasi (onasi)dur. Toki taomni
yanchib, tegirmonning shaqildog‘i kabi, taomni yumshatadurg‘on tishlarga yetkurur.
Tilning ostidagi qut (ozuqa)ga suv sepib xo‘l qilib, yumshoklikka salohiyat paydo qilur.
Bas, hamma olamning oqillari mundin ho‘broq yana bir suratni tasavvur qilsalar vuqu’ga
(yuzaga) kelmagi mumkin ermas. Va munga o‘xshash barmoqqim, to‘rti bir suratda va
ibhoqim (bosh barmoq) bularining qiladurg‘on amali ma’lumdir. To‘rt barmoq uch