Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  «Subhonalloh valhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
«Subhonalloh valhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida 
Bas, vaqti avvaldurki: 
Subhonallohi valhamdu lillohi va lo ilaha illallahu vallohu akbar! - so‘zlarining ma’nosini 
bilgaysenkim, bu to‘rt muxtasar kalimada olam jamlangandir. Haq taoloning (barcha 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
45
illatlardan) pokligini bilsang «Subhonalloh»ni bilganingdur. Vaqtiki, o‘zingni (tabiat 
olamig‘a) podshohliging tafsilidan Haq subhonahu va taoloning podshohligini 
tanidingkim, hamma sabablar va vositalar anga musaxxardur. Va kotib ilgidagi qalam 
misolidur. 
«Alhamdulilloh» ma’nisini bildingkim, Haq taolodin o‘zga ne’mat berguvchi va 
in’om qilguvchi yo‘qtur.
Bas, Haq taolodin o‘zga hech bir zot hamd va shukr etmoqg‘a loyiq va sazovor ermasdur. 
Va lo iloha illalloh ma’nisini bilganingdan so‘ng «Allohu akbar» ma’nisini bilgaysen. 
Bilg‘ilki, Haq taoloni xalq o‘zlariga qiyos qilmoq birla bilmaslar. «Allohu akbar»ning 
ma’nosi: Alloxdan o‘zga mavjudotni ulug‘roq deb bo‘lmas. 
Charoki, hech mavjudot yo‘qturkim, Haq taologa nisbat qilmoqlik birla filjumla 
ulug‘luk anda (bo‘lsa): Va tabiatdagi hamma mavjudot Haq taolo vujudi nurining 
partavidur (shu’lasidur). Masalan: oftobning nuri oftobdin ulug‘roq degali bo‘lmas. 
Bas, «Allohu akbar»ning ma’nisi uldurkim, odam ahli ani qiyos ahli birla taniyolg‘ay. 
Maozallohkim (bu nido so‘zi bo‘lib, Allohdan panoh so‘rashdir), hazrati Haq 
subhonahu va taoloning tanzih va taqdisi - pok va muqaddasligi odamning tanzih va 
taqdisiga o‘xshash bo‘lmag‘ay. Haq taolo tamomi mavjudotga o‘xshamoqdin munazzah 
- pokdur, odamiyda na e’tibor bo‘lg‘aykim, maozalloh! Haq taoloning podshohligi 
pok va balanddurki, odamiyda sira andoq qadr va sharofat bo‘lmas. 
Hazrati Haq subhonahu va taoloning kamoli va jalolatini tanimoqg‘a odam noqis va 
ajzdur (ojiz), ba’zilar ilm va bashorat birla haqiqatga yo‘l topg‘ay. 
Bas, mazkur bo‘lg‘on so‘zlar misoli anga o‘xsharkim, agar go‘dak bizdin savol 
qilsaki, podshohlik va mamlakat raisi bo‘lmoqning tadbiri, lazzati nechukdur? Javob 
aytamizki, go‘y o‘ynamoq va chavgon surmoqning lazzatiga o‘xshashdur. Charoki, 
go‘dak mundin ziyoda bilmas. Ma’lumdurkim, saltanatning lazzatiga go‘y va 
chavgon o‘ynamoqni lazzati hech munosabati yo‘qtur. Va lekin har ikkisidagi shodlikni 
lazzat degali bo‘ladur. Shodliko‘xshash bo‘lg‘on sababdin saltanat lazzatini filjumla 
go‘dakka anglatqali bo‘lur. 
Bas, munga o‘xshash Haq taoloning kamoli jalolati haqiqatini o‘zidin o‘zga kishi 
bilmas. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin