1924 yilda Lui de-Broylh har qanday zarra xuddi yorughlik kabi dualizmga ega degan ghoyani ilgari surdi. Demak, zarra yorughlik kabi tohlqin xususiyatiga ega bohlarkan. Shu ghoyaga Lui de-Broylh gipotezasi deyiladi.
1924 yili frantsuz fizigi Lui de Broyl revolyutsion ghoyani ohrtaga tashlagan. Unga kohra, fotonlar uchun ohrinli bohlgan korpuskulyar-tohlqin dualizmi tabiatdagi barcha zarralar uchun taalluqli, ushbu ghoya kvant mexanikaning paydo bohlishiga olib kelgan. Bu xizmati uchun de Broylh 1929 yili Nobelh mukofotiga sazovor bohlgan. Bu erda shuni aytib ohtish ohrinliki, de Broylh boshlanghich mahlumoti bohyicha tarixchi bohlgan, chunki 1909 yili Parij universitetining bakalavriatini tugatgan, sohngra qiziqishi tabiiy fanlarga bohlgani uchun, mazkur universitetning tabiiy fanlar bohlimini 1913 yili bitirgan. Uning akasi Moris de Broylh fizik bohlgani uchun, navbatdagi Frantsiyada shtadigan Solhvey kongressiga uni mahsul kotib qilib tayinlashgan, u yordamga ukasini chaqirib, dunyo bohyicha kelib tushgan mahruzalarni
ohqib va tanlab, ohsha vaqtda fiziklar oldida turgan dolzarb muammo nima ekanligini sezib qolgan. Natijada 1924 yili ohzining doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab, unda ohzining asosiy ghoyalarini bayon qilgan. Himoyaga opponentlaridan biri sifatida Eynshteyn taklif qilingan va u de Broylh ghoyasini qohllab-quvvatlab, quyidagicha fikr aytgan: agar de Broylh haq bohlsa, biz tajribada elektronlarning difraktsiyasini kuzatishimiz kerak, bunday tajriba 1927 yili amerikalik fiziklar Djermer va Devisson hamda ingliz Tomson va rus Tartakovskiylar tomonidan amalga oshirilgan.
De-Broylh gipotezasi va tohlqini.
Yorug‘likning interferensiya va difraksiya hodisalarini hosil qilishi, uning
to‘lqin xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Yorug‘likning fotoeffekt, kompton effekti hodisalarda ko‘rinishi esa uning korpuskulyar (zarra) xususiyatga ega
ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yorug‘likning bir vaqtda ham to‘lqin ham
korpuskulyar xususiyatlarga, ya’ni to‘lqin-zarra dualizm xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu xususiyatlar bir-birini istisno qilmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi. Yorug‘likning ham to‘lqin ham korpuskulyar xususiyatga ega bo‘lishligi uzoq
vaqtlargacha sezilarli bo‘lmadi. Elektromagnit to‘lqinlarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligi aniqlangandan so‘ng moddiy zarralar ham to‘lqin
xususiyatiga egami, degan savol tug‘iladi. Bu savolga kvant mexanikasi
nazariyasining asoschilaridan biri fransuz fizigi Lui de-Broyl javob berdi.
De-Broyl dualizm faqat optik hodisalarga xos xususiyat bo‘lmay, balki universal ahamiyatga ega, degan fikrni ilgari surdi. De-Broyl 1924-yilda barcha moddiy zarralar korpuskulyar xususiyatga ega bo‘lishi bilan birga to‘lqin xususiyatga ham ega, degan o‘z gipotezasini taklif qildi. Endi zarraning korpuskulyar va to‘lqin xususiyatlarini bog‘lovchi munosabatlarni chiqarish kerak edi. De-Broyl to‘lqin va korpuskulyar manzaralarning biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalarini moddiy zarralar holiga tatbiq etdi. Erkin fazoda d doimiy tezlik bilan harakatlanayotgan m massali moddiy zarra (masalan, elektron) mavjud bo‘lsin. Korpuskulyar manzarada zarra E energiya va P impuls bilan xarakterlanadi, to‘lqin manzarada v chastota va ^to‘lqin uzunligi bilan aniqlanadi. Agar to‘lqin va zarra manzaralar bitta namunaning turli jihatlari bo‘lsa, u holda ularni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi bog‘lanish quyidagi munosabatlar orqali ifodalanadi:
E = hv ^
yoki
E = Ti(o,
P = hk
Bu formulalarda h - Plank doimiysi, h=6,62-10-34J-s yoki
P - zarra impulsi, E - zarra energiyasi, ш - doiraviy chastota, q=2v^; v - chiziqli chastota, \- de-Broyl to‘lqin uzunligi, k - to‘lqin vektori. k ning absolyut qiymati: