Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar 
Ona jinslar
tuproqning minyeral asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik, 
minyeralogik va kimyoviy tarkibi, fizik, kimyoviy fizik xossalari unda shakllanayotgan 
tuproqga bevosita ta’sir qiladi.
Tuproq ona jinsining kelib chiqish tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan keskin farq qiladi. 
SHuning uchun tuproq bir xil unumdorlikka ega bo‘lmaydi.
Yer yuzasida asosan tekisliklarda tarqalgan va tuproq paydo qila oladigan g‘ovak holdagi 
tog‘ jinslariga tuproq ona jinslari deyiladi. 
Tuproqning paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining nurashi va mahsulotlarining olib ketilishi va 
qayta yotqizilishi bilan bog‘liq.
 
Yer yuzasida tog‘ jinslarining emirilishi, parchalanishi, o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alishi, surilish 
jarayonlari ko‘p bo‘ladi. Yer yuzasidagi og‘irlik kuchi asosan yerning ichki qismidagi
zichlikning kattaligiga, massaning og‘irligiga va yer yuzasining qanday shakga ega ekanligiga 
bog‘liq.
Litosfyera tarkibidagi har qanday tog‘ jinsi ham ona jins bo‘la olmaydi, qachonki nurash 
jarayonida hosil bo‘lgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslari – ruxlyaklargina ona jins bo‘lish 
xususiyatiga ega. 
Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi 
gruppalarga: elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvilial, dengiz, ko‘l, muz, eol va lyoss 
yotqiziqlariga bo‘linadi. 
Elyuviy yotqiziqlar 
- nurash mahsulotlarining nurash qobig‘ida o‘z o‘rnida to‘planishidan
hosil bo‘lgan yotqiziqlar hisoblanadi. Asosan bu yotqiziqlar tog‘ o‘lkalarida baland katta 
tekisliklarda turli qalinliklarda uchraydi. Kimyoviy va minyeralogik tarkibi deyarlik 
o‘zgarmaydi.
Delyuvi

yotqiziqlar 
- nurash mahsulotining yomg‘ir va yerigan qor suvlari harakati 
ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlarida to‘planishidan hosil bo‘ladi. Delyuviy jinslar ancha 
saralanganligi va yassi qatlamli bo‘lib odatda yon bag‘irlarga parallel yo‘nalishda joylagan 
bo‘ladi. Mexanik tarkibi har xil bo‘ladi. Qum, qumoq, qumloq va soz tarkibli bo‘ladi.


12

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin