D.I. Mendeleev (1834-1907) Tuproqshunoslik sohasida V.V.Dokuchaev fikrlarini
qo‘llab quvvatladi. U tuproqlar unumdorligini oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar
bildirdi. D.I. Mendeleev o‘z laborotoriyasida tuproqlarni xossalarini o‘rganish borasida ilmiy
tajribalar olib bordi va nordon tuproqlarni xossalarini yaxshilash maqsadida ohaklash,
kukunlashtirilgan fosforitlardan foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishda minyeral va
organik o‘g‘itlardan birgalikda foydalanish samaradorligi to‘g‘risidagi bir qancha ilmiy
asarlarni yaratdi va tavsiyalarni ishlab chiqdi.
Kostichev Pavel Andreevich (1845-1895) Tuproq hosil bo‘lishining biologik asoslari va
tuproq unumdorligini oshirish usullarini, tuproq tarkibidagi organik moddalarning parchalanish
jarayonlarini o‘rgangan.
P.A.Kostichev tuproq ishlab chiqarishning asosiy omili deb qarab, tuproq bilan o‘simlik
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlagan va tuproqshunoslikka agronomik nuqtai nazardan
yondoshgan tuproqshunos olim hisoblanadi. U tuproq unumdorligini oshirishda tuproq
strukturalarini yaxshilashda, mustaxkamlashda almashlab ekish tadbirlarini qo‘llashni tavsiya
etadi. P.A.Kostichev o‘zining ilmiy faoliyatini tuproq hosil qiluvchi biologik omillarni
o‘rganishga va tuproq unumdorligini oshirish tadbirlariga bag‘ishladi. P.A.Kostichevning
(1884) «Tuproqni o‘g‘itlash to‘g‘risida ta’limot», (1885) «Tuproqqa mexanikaviy ishlov
byerish to‘g‘risida ta’limot» deb nomlangan ilmiy-ommabop agronomik asarlari hozirgi
kungacha ham o‘z mohiyatini saqlab qolgan.
Vyernadskiy Vladimir Ivanov (1863-1945) Minyeralogiya, kristallo-grafiya, geokimyo
va biogeokimyo sohalari bo‘yicha eng yirik tuproqshunos olim, V.V. Dokuchaevni shogirdi
hisoblanadi. V.I. Vyernadskiyning ilmiy asarlari turli kimyoviy elementlarning tarqalishi,
geokimyoviy jarayonlarnio‘rganish, tog‘ jinslarining yoshini aniqlash va alyumosilikatlarning
tuzilishiga bag‘ishlangan. Olimning asosiy xizmatlaridan biri minyerallar guruhi-silikat va
alyumosilikatlar tarkibini o‘rganishdan iborat. V.I. Vyernadskiy biosfyerada kimyoviy
elementlarning to‘planishi, almashinishi, tarqalishi va migratsiyasida organizmlarning rolini
nihoyatda katta ekanligini birinchi bo‘lib ko‘rsatib byergan.