7
qadriga etishga da’vat etuvchi xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari juda ko‘p: «Yer-don, dehqon
hazinabon», «Dehqonning hazinasi -yer», «Yer- boylikning onasi, mehnat- uning otasi», «Yer
el bilan obod, el yer bilan obod», «Yerli bo‘lmaguncha, molli bo‘lmaysan», «Yer to‘ydirar, o‘t
kuydirar», «Yering bo‘lsa- eyarsan, tog‘ing bo‘lsa to‘yarsan», «Yer olgan- ko‘karadi, yer
sotgan- quriydi», «Yerni tepma joni bor, urib turgan qoni bor».
SHuning
uchun yerni sevmagan, unga butun borlig‘i bilan mexr qo‘ymagan biron-bir
o‘zbek yo‘q, deb bemalol aytsa bo‘ladi. Ona zaminni astoydil sevish o‘zbeklar uchun iymon-
e’tiqod,
yuksak odob, madaniyat, ma’naviyatlilik va ma’rifatlilik belgisi ekani Hamid
Olimjonning «Men o‘zbek xalqi nomidan so‘zlayman!» nomli maqolasida o‘z ifodasini topgan.
«Mening xalqim o‘z kindigining qoni to‘kilgan tuproqni o‘z onasiday aziz ko‘radi.
Qadim
o‘zbek botirlari uzoq safarga ketganda bir hovuch Vatan tuprog‘ini doim o‘z yonida olib
yurganlar. CHunki bu tuproq ularga o‘zi tug‘ilgan yerlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan
qasamini yodga solgan. Vatanga bulgan muhabbatini bir nafas ham unittirmagan.
Bir hovuch
tuproq unga o‘z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq o‘lkalarda bo‘lsa ham, uni
o‘z Vatanida his qildirgan va qayerda bo‘lmasin, xalqi sha’niga isnod keltirmaslikka, o‘z
xalqining nomusli sodiq o‘g‘li bo‘lishga chaqirgan. U Vatanni qancha sevsa…
ota-onadan,
sevimli yordan, qadrdon Vatandan nishon bo‘lgan shu bir hovuch tuproqni ham shuncha
sevgan.
Dostları ilə paylaş: