Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Maxsudov Xodimat Maxsudovich (1932)



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Maxsudov Xodimat Maxsudovich (1932)
Qishloq xo‘jalik fani-tuproqshunoslik 
sohasida O‘zbekistonda yangi yo‘nalish bo‘lgan yeroziyashunoslikni rivojlantirishga katta hissa 
qo‘shgan yirik olimdir. U kishining asosiy ilmiy tadqiqotlari qurg‘oqchil zonada tuproqlar 
emirilishini tekshirishga, yeroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirishga, yer va 
suv boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan. X.M. 
Maxsudov yeroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish va g‘o‘zadan yuqori hosil 
olish bo‘yicha ishlab chiqqan tuproqlarni muhofaza hilish tadbirlari dehqonchilik nazariyasi va 
amaliyotini taraqqiy ettirishga hissa qo‘shgan yeroziyashunos olim hisoblanadi. 
Tursunov Latif (1938-2011)
Tuproq fizikasi hamda genetik tuproqshunoslik sohasida 
yirik mutaxassis hisoblanib, eng dastlabki ilmiy faoliyati tog‘ tuproqlarining genezisi va 
agrofizik xossalarini o‘rganish bilan boshlangan. Keyinchalik esa ilmiy faoliyati Qarshi cho‘li 
tuproqlarining geografiyasi, genezisi, evolyusiyasi, barcha agrokimyoviy, minyeralogik, 
agrofizik xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda tuproqshunoslik kafedrasining 
ilmiy yo‘nalishi bo‘lgan O‘zbekiston asosiy tuproq tiplarining genezisi, evolyusiyasi, 
geografiyasi, xossalarini va ularni xilma-xilligi bo‘yicha ilmiy ishlarga rahbarlik qilib kelgan 
tuproqshunos olim. UzMU biologiya tuproыshunoslik fakulteti tuproqshunoslik kafedrasida 25 
yil kafedra mudiri bo‘lib ishlagan 
Umarov Majid (1914-1975)
Tuproqshunos olimning ilmiy faoliyati o‘zlashtirilgan va 
sug‘oriladigan Markaziy Farg‘ona, Mirzacho‘l va qarshi cho‘li tuproqlarining, ya’ni 
O‘zbekistonda keng tarqalgan asosiy tuproqlarning fizik va suv xossalari, ularning dehqonchilik 
ta’sirida o‘zgarishi, hamda tuproqlarning unumdorligini oshirish va ulardan oqilona 
foydalanishga bag‘ishlangan. M.Umarov O‘zbekiston tuproqlarining kelib chiqishi va ularning 
xossalari va unumdorligiga oid juda ko‘p ilmiy izlanish ishlarini olib borgan. Sug‘oriladigan 
tuproqlarning agrofizik xossalarini o‘rganishda olim asosiy e’tiborni bu tuproq xossalarining 
antropogen omil ta’siri natijasida o‘zgarishiga alohida e’tibor byergan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin