Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

 makroagregatlar
D - 0,25 dan kichik zarrachalar 
 mikroagregatlar

Tuproq mexanik tarkibini aniqlashni bir necha uslublari mavjud : elakchalardan o‘tkazish, 
elash-tosh va qumlarning guruhlarga ajratishda, dala sharoitida xo‘l va quruq aniqlash, shamol 
yuborish uslubi bunda tuproqning yirik zarrachalari to‘g‘risida nisbiy ma’lumotga ega 
bo‘lamiz. Oqar suvda bo‘tanalashda turli o‘lchamdagi mexanik zarrachalarning suvda 
xarakatlanishi va ularning cho‘kish tezligiga asoslanadi. Tinch suvda bo‘tanalash ya’ni 
tayyorlangan bo‘tanadan pipetka orqali o‘rtacha namuna olish orqali turli mexanik 
zarrachalarning mexanik miqdori topiladi. 
Tuproqning mexanik tarkibi tuproqda unumdorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri bo‘lib, birinchi navbatda uning agronomik ahamiyati katta.Turli mexanik tarkibli tuproqlar 
xar xil unumdorlikka ega bo‘lganligi uchun yerni ishlash, o‘simliklarni oziqlantirish bo‘yicha 
turli agrotexnik tadbirlar olib boriladi. 
Tuproqning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibi bilan bog‘liq bo‘lib, yerdan to‘g‘ri 
foydalanilganda va turli tadbirlar qo‘llanilganda, uning xossalari yaxshilanib boradi. Masalan, 
qumli tuproqlarni 
gillash
(yerga loyqa oqizish) mahalliy o‘g‘it qo‘llanish bilan yoki og‘ir soz 
tuproqlarni esa 
qumlash
(yerga qum solish) kolmataj yo‘li bilan unumdorlikni yaxshilab borish 
mumkin. 
Mexanik tarkibga ko‘ra tuproqlarning xossalari jumladan fizik-mexanik, fizik – kimyoviy 
va biokimyoviy xossalari o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida tuproq strukturasiga va unumdorlikka 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Dala sharoitida ho‘l uslub yaxshi amalga oshirilsa laboratoriya sharoitida olinadigan 
natijaga yaqin ma’lumot olish mumkin. 
Tuproq strukturasi.
Tuproqning turli xajm va turli shakldagi bo‘lakcha (agregatlar)ga 
ajralishi xossasiga uning strukturasi deyiladi. Tuproqni tashkil etuvchi har bir qatlam o‘ziga 
xos strukturaga ega bo‘ladi. Ular bir-biridan strukturasining suvga chidamliligi bilan 
farqlanadi. Tuproq strukturasi bo‘lakchalari o‘lchamiga qarab uch guruhga bo‘linadi (o‘lcham 
mm hisobida). Mikroagregatlar 0,25 mm. kichik, mezoagregatlar 0,25-7,0 (10)mm, 
makroagregatlar 7 (10)mmdan katta. 
Ba’zi qatlamlar umuman strukturasiz bo‘lishi ham mumkin(sochiluvchi qum, qumli cho‘l 
tuproqlarida). Respublikamizda keng tarqalgan tuproqlarda suvga chidamli makro va 
mezostrukturalar miqdori yuqori emas. Bo‘z tuproqlar mikrostrukturaga ega. Bo‘lakcha 
(agregat) ning shakli va o‘lchamiga qarab uchta tipga ajratiladi 
1) Kubsimon-struktura bo‘lakchalari o‘zaro pyerpendikulyar bo‘lgan uchala o‘q bo‘ylab bir 
xilda rivojlangan. 
2) Prizmasimon - bo‘lakchalar deyarli tikkasiga rivojlangan.
3) Plitasimon-bo‘lakchalar ikkala gorizontal o‘q bo‘yicha rivojlangan va tikka yo‘nalishda 
qisqargan. 
I tip
: 1-yirik kesakchali; 2-o‘rtacha kesakchali; 3- mayda kesakchali; 4-changsimon; 5-yirik 
yong‘oqchasimon; 6-yong‘oqchasimon; 7-mayda yong‘oqchasimon; 8-yirik donador; 
9-donador; 10-kukunsimon; 11-tuproq “marjonlari”. 


24

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin