Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

kul moddalar
(Sa, K, R, Si. Fe, S 
cingari), 
uglevodlar, oqsillar, lignin, lipidlar, mumlar, smolalar, oshlovchi moddalar va 
boshqa organik birikmalar
bo‘ladi.
Tuproqdagi organik moddalar tarkibining murakkabligi va xilma-xilligi organik 
qoldiqlarning turlicha bo‘lishiga hamda keyinchalik o‘zgarish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Tuproqdagi organik moddalar tarkibida o‘simliklar, baktyeriyalar va zamburug‘lar 
plazmalaridagi barcha birikmalar, hamda ularning keyinchalik ta’sirlashuvi va o‘zgarishi 
(transformatsiyasi) dan hosil bo‘lgan mahsulotlar mavjud. Bularga tuproqda bir sutkadan yuz va 
ming yillar saqlanadigan minglab birikmalar kiradi. 2. Organik birikmalarning tuproqda 
parchalanishi murakkab va uzoq kechadigan jarayon bo‘lib, unda mexanik, fizik, biologik va 
biokimyoviy omillar natijasida juda murakkab o‘zgarishlar ro‘y byeradi. Tuproqdagi organik 
moddalarning qayta o‘zgarishida turli organizmlar (baktyeriyalar, lishayniklar, zamburug‘lar, 
suv o‘tlari, umurtqali va umurtqasiz jonivorlar)ning roli katta. 


28
Mikroorganizmlar bilan bir qatorda, organik moddalarning qayta o‘zgarishi va 
parchalanishida hamda gumusli moddalarning hosil bo‘lishida fyermentlarning ahamiyati ham 
katta. 
F e r m e n t l a r tabiati bilan oqsil moddalarning eng yirik va o‘ziga xos sinfi hisoblanadi. 
Fyermentlarning asosiy manbai tuproqda yashovchi tirik organizmlar: baktyeriyalar, 
aktinomitsetlar, umurtqasiz jonivorlar va o‘simliklar hisoblanadi. Tuproq fyermentlari organik 
qoldiqlarning qayta o‘zgarishida aktiv qatnashadi. Tuproqdagi barcha fyermentlar kompleksi 
tuproqning fyermentativ aktivligini belgilaydi.
Oqsillarning parchalanishi
. Mikroorganizmlarning, jonivorlar va o‘simliklar tarkibidagi 
oqsillar proteaza fyermentlari ishtirokida aminokislotalargacha parchalanadi.
M o n o v a d i s a x a r i d l a r n i n g o‘ z g a r i sh i. Tirik o‘simlik matyeriallari, 
ularning qoldiqlari va to‘shamalarida mono va disaxaridlar miqdori 4 foizdan, foizning undan 
bir ulushiga qadarli o‘zgarib turadi. 
Oqsil va qand moddalari tuproqda tez parchalanadi. 
K r a x m a l gidrolizi amilraza fyermentlari ishtirokida boradi. O‘simlik qoldiqlarining 
qayta o‘zgarishi bilan kraxmal miqdori tez va keskin kamayishi mumkin. 
S e l l yu l o z a ning faqatgina 5 foizi sellyuloza fyermentlarini sintezlaydigan 
mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi, chunki sellyuloza molekulalari pektin va mum 
qobig‘i bilan o‘ralgani uchun uning parchalanishi susayadi.
A r o m a t i k b i r i k m a l a r asosan zamburug‘lar ishtirokida parchalanadi. Masalan, 
ligninning tarkibiy qismlarga parchalanishi oksidoreduktaza, liaza, ektyeraza, laktaza kabi 
fyermentlar ta’sirida boradi. Tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar, turli biokimyoviy va fizik-
kimyoviy jarayonlar natijasida ularning asosiy qismi oxirgi mahsulotlar (SO
2
, N
2
O va oddiy 
tuzlar) ga qadar oksidlanib minyerallashadi, bir qismi esa murakkab o‘zgarishlarga uchrab 
tuproqning o‘ziga xos gumusli moddalarini hosil qiladi. Bu jarayonga g u m u s g a a y l a n i 
sh deb ataladi. 
Gumus va chirindi moddalarining hosil bo‘lishi haqida ko‘plab tadqiqotlarolib borilishiga 
qaramasdan, hozirga qadarli gumus paydo bo‘lish mexanizmi haqida munozarali fikrlar mavjud. 
Organik qoldiqlar turli birikmalarning mikrobiologik oksidlanish sikli (davri) nisbatan yaxshi 
o‘rganilgan bo‘lsa-da, gumus hosil bo‘lishida o‘simlik qoldiqlarining har xil tarkibiy qismining 
biokimyoviy transformatsiyasi (o‘zgarishi) etarli tadqiq etilmagan.. Gumus va gumus 
kislotalarining hosil bo‘lish yo‘llari va mexanizmi qadimdan boshlab tadqiqotchilarni qiziqtirib 
kelgan.
Gumus hosil bo‘lishi haqidagi dastlabki biologik nazariya asoschisi M.V.Lomonosov 
tuproq chirindisi "vaqt o‘tishi bilan hayvon va o‘simlik qoldiqlarining chirishi" natijasida hosil 
bo‘lgan deb ta’kidlaydi. SHu davrda shved olimi I.G.Valyeriusning ko‘rsatishicha, "chirindi 
g‘ovak, ko‘pincha qoramtir tusli yer (tuproq) bo‘lib, suvni singdirganda kuchli ko‘pchiydi va 
bulutsimon holga, quriganda esa changsimon holatga o‘tadi. Turli moddalarni singdirib 
o‘simliklarning o‘sishida katta ahamiyatga ega". Valyerius gumusning kelib chiqishini 
qisqacha tushuntirib, "chirindi o‘simliklarning parchalanishi natijasida paydo bo‘lgan" deb 
ta’kidlaydi.
Keyinchalik P.A.Kostichev tuproqning organik moddalari turli jonivorlar va o‘simlik 
organizmlari, ayniqsa mikroorganizmlarning yashash sharoiti mahsuli ekanligini isbotlaydi.
P.A.Kostichevning bu ishlari S.P.Kravkov va uning shogirdi A.G.Trusov tomonidan davom 


29
ettirildi. Trusov taxminicha organizmlar engil o‘zlashtiradigan organik kislotalar gumus 
moddalarning bilvosita manbai hisoblanadi. Bu moddalarning parchalanish mahsulotlari 
oksidlanadi, kondensatlanadi (quyuqlashadi) va qoramtir rangli murakkab gumus moddalarga 
aylanadi. 
L.S.Mayard (1912, 1917) laboratoriya sharoitida aminokislotalar bilan uglevodlar 
aralashmasidan gumusga o‘xshash qoramtir moddalar ajratib oladi. V.R.Vilyams (1897, 1914, 
1939) gumus hosil bo‘lishini oliy organizmlardagi organik moddalar sintezi hamda ular nobud 
bo‘lgach, mikroorganizmlar tomonidan parchalanishdan iborat galma-gal sodir bo‘ladigan 
jarayon deb qaraydi. Ko‘mir va torf kimyosi tadqiqotchilari (J.Fishyer va G.SHredyer, 1921, 
1922; Fuks, 1931, 1936) gumusning biokimyoviy hosil bo‘lish konsepsiyasiga qarama-qarshi 
fikrlarni aytdilar. Ular ko‘rsatishicha o‘simlik qoldiqlari tarkibidagi lignin moddalari deyarli 
o‘zgarmagan holda chirindi tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadi. 
Gumus hosil bo‘lish haqidagi hozirgi asosiy nuqtai nazar (konsepsiya)lar xaqida to‘xtab 
o‘tamiz. 
a) K o n d e n s a t l a n i sh (p o l i m e r l a n i sh) n a t i j a s i d a g u m u s h o s i l b o‘ 
l i sh k o n s e p s i ya s i. Bu faraziya dastlab A.G.Trusov tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 
keyinchalik M.M.Kononova boshliq bir gruppa olimlar rivojlantirdi. Gumus moddalarning 
fulvokislotalari gumus hosil bo‘lish jarayonining dastlabki davrida past molekulyar bo‘lib, 
keyinchalik bu protsessning rivojlanishi natijasida kondensatlanib (polimyerlanib) yuqori 
molekulyar moddaga aylanadi. Demak, fulvokislotalar gumus hosil bo‘lish jarayonining 
boshlang‘ich davrida paydo bo‘lgan organik kislota bo‘lib, gumin kislotadan sifat jihatidan farq 
qiladi . 
b) G u m u s h o s i l b o‘ l i sh i n i n g b i o k i m yo v i y o k s i d l a n i sh k o n s e p s 
i ya s i. Bu nuqtai nazar dastlab I.V.Tyurin keyinchalik L.I.Aleksandrova tomonidan 
rivojlantirildi. Ana shu konsepsiyaga ko‘ra gumus hosil bo‘lishi murakkab biofizik-kimyoviy 
jarayon bo‘lib, bunda organik qoldiqlardagi yuqori molekulyar holatdagi oraliq 
mahsuslotlarning parchalanishidan o‘ziga xos yuqori sinfli murakkab organik birikmalar-
gumusli kislotalar hosil bo‘ladi. Gumin kislotalarning murakkab sistemasi o‘simlik qoldiqlari 
tarkibidagi kul elementlari va tuproqning minyeral qismi bilan o‘zaro ta’sirlashib, qator 
organik-minyeral birikmalar hosil qiladi.
v) G u m u s h o s i l b o‘ l i sh i n i n g b i o l o g i k k o n s e p s i ya s i g a ko‘ra 
gumusli moddalar turli mikroorganizmlar mahsulotlarining sintezidan iborat. Bu nuqtai nazar 
V.R.Vilyams tomonidan aytilgan bo‘lib, uning fikricha gumus moddalar sifati turlicha ekanligi 
mikroorganizmlar (ayerob va anayerob baktyeriyalar, zamburug‘lar)ning turi bilan bog‘liq 
bo‘lib, har xil gumus moddalar esa, turlicha gruppadagi mikroorganizmlarning ekzoenzimlari 
(sirtqi achitqisi) maxsulidir. 
D.S.Orlovning ko‘rsatishicha, tuproqdagi gumus hosil bo‘lish jarayonlari kondensatsiya 
va shuningdek biokimyoviy oksidlanish yo‘li bilan ham bo‘lishi mumkin.
Xullas gumus hosil bo‘lishi nixoyatda murakkab jarayon bo‘lib, turlicha shart-sharoitlar va 
omillarga bog‘liq va uni bir xildagi nazariya bilan tushuntirish qiyin. 
Gumus hosil bo‘lish tezligi, uning borish xaraktyeri qator omillarga, jumladan, 
o‘simliklar qoldig‘ining miqdori va kimyoviy tarkibiga, tuproqning namligi va ayeratsiyasiga, 
muhit 
reaksiyasiga, 
oksidlanish-qaytarilish 
sharoitiga, 
mikrobiologik 
faoliyatining 
intensivligiga, mikroorganizmlar gruppalari tarkibiga, shuningdek, tuproq minyeral qismining 


30
mexanik, minyeralogik va kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Ana shu omillar asosida 
L.N.Aleksandrova tuproqdagi organik qoldiqlarning gumusga aylanishining fulvatli, gumat-
fulvatli, fulvat-gumatli va gumatli tiplarini ajratadi. 
Tuproq gumusini o‘rganish va tekshirish ishlari bundan 150 yildan ortiq davrdan buyon 
olib borilib, ko‘plab ilmiy asarlar yaratilishiga qaramasdan gumusning tabiati, ayrim tarkibiy 
qismlarining struktura formulasi, tuzilishi hamda tuproq chirindisining paydo bo‘lish 
mexanizmi, tuproq xossalariga va o‘simliklarga ta’siri haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. 
Buning asosiy sababi gumus juda murakkab tarkibli organik modda bo‘lib, uni toza holda 
ajratib olish qiyin. CHunki tuproqning minyeral qismi organik moddalar bilan mustahkam 
birikkan bo‘lib, gumus moddalarini ajratib olish usullari hozirgacha mukammal emas. 
Gumusning kimyoviy tarkibini o‘rganishga doir dastlabki tadqiqotlar shved olimi 
YA.Byerselius tomonidan olib borildi. U 1836 yilda tuproq chirindi moddalarini tekshirib qator 
o‘ziga xos organik birikmalarini kren, apokren, gumin, ulmin kabi to‘rtta gumus kislotalarini 
ajratdi. Bu kislotalarning tarkibi keyinchalik V.R.Vilyams va boshqa qator olimlar tomonidan 
batafsil o‘rganildi. 
Rus 
olimlari 
I.V.Tyurin, 
M.M.Kononova, 
S.S.Dragunov, 
V.V.Ponomareva, 
L.N.Aleksandrova va boshqalarning ko‘rsatishicha, gumusning tarkibi asosan quyidagi uch 
gruppa organik moddalardan iborat. 
1. Hali chirimagan o‘simlik va hayvon qoldiqlari tarkibidagi dastlabki moddalar (oqsillar, 
uglevodlar, ligninlar, yog‘lar va boshqalar).
2. Gumusga aylanayotgan oraliq mahsulotlar (aminokislota-oksikislota, fenol, 
monosaxarid kabilar). 
3. Gumus moddalari, chirindining o‘ziga xos asosiy spetsifik qismi bo‘lib, barcha gumus 
tarkibining 85-90 foizini tashkil etadi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi vaqtda gumus 
moddalari tarkibi: 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin