gumin kislotalari, fulvokislotalar
va
gumin
(gidrolizlanmaydigan)
moddalardan iborat. Ba’zan alohida gimatomelan kislotasi ham ajratiladi.
Gumin kislotalari
siklik tuzilishga ega bo‘lgan azot saqlaydigan yuqori molekulyar
organik kislota bo‘lib, suvda kam yeriydi, minyeral kislotalarda esa yerimaydi. Gumin
kislotalari ishqorlarda yeriydi, ular yeritmasi qoramtir rangda bo‘lib, to‘q jigarrangdan
qoragacha o‘zgarib turadi.
O‘simlik va gumus tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori %da
S
R
O
N
Kul
O‘simlik
45
6,5
42
1,5
5
Gumus
58
4,5
28
3
2-8
31
Asosiy tuproqlardagi gumin va fulvokislotalar tarkibidagi kimyoviy elementlar tarkibi
(L.N.Aleksandrova).
Tuproq nomi, olingan namunalar
chuqurligi, sm
Kulsiz quruq moddaga nisbatan foiz
hisobida
S
N
O
N
Gumin kislotalar
CHimli podzol tuproq;
o‘rmon osti, 2-12
haydalma yer 0-10
56,2
56,8
4,8
4,6
34,8
34,3
4,2
4,3
Ishqorsizlangan qora tuproq;
qo‘riq 2-12
haydalma yer 0-10
60,0
60,8
3,6
3,4
32,9
32,3
3,5
3,5
Och tusli bo‘z tuproq;
haydalma yer 0-20
Qizil tuproq 0-20
61,9
59,6
3,9
4,4
29,5
31,5
4,7
4,5
Fulvokislotalar
CHimli podzol tuproq;
o‘rmon osti 2-12
haydalma yer 0-10
48,4
46,9
5,1
4,9
43,8
45,9
2,7
2,3
Ishqorsizlangan qora tuproq;
qo‘riq 2-12
haydalma yer 0-10
45,3
44,7
4,3
3,8
47,2
47,3
3,2
4,2
Och tusli bo‘z tuproq;
haydalma yer 0-20
Qizil tuproq 0-20
45,8
49,8
4,3
3,4
46,0
44,3
3,9
2,51
Fulvokislotalar.
Past konsentratsiyada och sariq, yuqori konsentratsiyada jigarrang sariq
bo‘lganidan fulvokislota (lotincha fulvos – sariq) deb atagan. Fulvokislotalarning elementar
tarkibi S-41-46, N-4-5, N-2-4 foiz bo‘lib, kislorod, uglyerod miqdoriga bog‘liq va gumin
kislotasiga nisbatan ko‘p (40-48 foiz). Fulvokislotalari ham gumin kislotalari kabi azot
saqlovchi yuqori molekulyar organik kislotalar jumlasiga kiradi. Ammo gumin kislotasidan och
rangli bo‘lishi, uglyerodni ancha kam, kislorodni ko‘proq saqlashi, suvda, kislotalar va
ishqorlarda yerishi bilan farq qiladi. Suvli yeritmasi kuchli kislotali (rN 2,2-2,8) xususiyatga
ega. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarning fulvat tuzlari (fulvatlar) suvda yaxshi yeriydi.
Fulvatlarning temir, alyuminiy bilan birikkan kompleksi ham qisman yeriydi.
Fulvokislotalar kuchli kislotali bo‘lishi sababli, tuproq minyerallarining kimyoviy nurash
jarayonlari aktivlashadi. Fulvokislotalar juda harakatchan bo‘lgandan tuproq tarkibidagi organik
va minyeral moddalarning tez yuvilib ketishiga olib keladi.
Gumin moddalari
. Gumusning ishqorlarda yerimaydigan qismi va qiyin yeriydigan
organik qoldiqlar (masalan, xitin)dan iborat.Gumus tarkibida guminlar 15-20, ba’zi tuproqlarda
40-48 foizga etadi.
Gematomelan kislotalari-
fulvokislotalar va gumin kislotalari har ikkalasining oraliq
xususiyatiga ega bo‘lgan gumus moddalari gruppasi hisoblanadi.
32
Tuproqlarda to‘planadigan gumus miqdori va uning sifat tarkibi qator omillar va
sharoitlarga, jumladan parchalanadigan biomassa miqdori va sifatiga, tuproqning kimyoviy
tarkibiga, suv-havo xossalari hamda issiqlik rejimlariga bog‘liq.
Tuproq namligi yuqori, ammo harorati past bo‘lganda organik qoldiqlarning parchalanishi
sekinlashadi va torf hamda yarim chirigan holda to‘planadi. Nam rejimi, ayeratsiya va issiqlik
optimal bo‘lganda (masalan, qora tuproqlarda) organik qoldiqlarning parchalanishi sekin
boradi; ularda gumusga aylanish kuchli boradi va gumus miqdori ham ko‘p bo‘ladi. Demak,
o‘simlik va mikroorganizmlarning faoliyati uchun suv va issiqlik rejimlari qulay bo‘lgan
sharoitda gumus hosil bo‘lishi uchun yaxshi sharoit yuzaga keladi.
Gumus paydo bo‘lish jarayonlari gidrotyermik jarayonlarga, ya’ni ob-havo va o‘simliklar
qoplamiga bog‘liqdir, harorat va namlik yer ustida mintaqalar va zonalar bo‘ylab tarqaladi bu
esa o‘simliklar dunyosi va tuproq qoplamiga mos keladi. Turli tuproq-iqlim zonalarida
atmosfyera yog‘inlari, gidrotyermik sharoitlarga ko‘ra biologik aktivlik davrining turlicha
bo‘lishi gumus miqdoriga va uning sifatiga keskin ta’sir etadi
Namlik yuqori, lekin kislorod etishmaydigan shimoliy rayonlarda va aksincha, issiqlik
ko‘p va qurg‘oqchilik kuchayib, namlik etarlicha to‘planmaydigan Janubiy rayonlarda gumus
miqdori keskin kamayadi. Masalan, bo‘z tuproqlarda qora tuproqlardagi gumusning 11 foizi,
podzol tuproqlarda esa 13 foizi to‘planadi xolos.
Tuproqlardagi gumus zahirasi
(I.V.Tyurin va M.M.Kononova bo‘yicha)
Tuproqlar xili
0-20 sm
qatlamda,
t/ga
0-100 sm qatlamda
t/ga
Maksimalga
nisbatan,%
Podzol
53
99
13
O‘rmon-dasht podzollashgan tuproqlari
109
215
30
Qora tuproqlar:
Ishqorsizlangan
192
549
70
Tipik
224
709
100
Oddiy
137
429
60
To‘q tusli kashtan
99
229
32
Bo‘z tuproqlar
37
82
11
Bo‘z tuproqlar zonasida organik qoldiqlar massasi kam bo‘lib, gidrotyermik sharoitlarga
ko‘ra tez parchalanib minyerallashadi va kam gumus hosil bo‘ladi. Ammo boshqa tuproqlarga
nisbatan azot va boshka oziqa elementlarga boyligi bilan ajralib turadi. Gumusning
to‘planishida tuproqning mexanik tarkibi, ona jinslar tarkibi va joyning relefi kabi omillar ham
muhim rol o‘ynaydi. Engil mexanik tarkibli tuproqlarda ayeratsiya va issiqlik yaxshi
bo‘lganidan organik qoldiqlar tez minyerallashib, gumus kam to‘planadi.
Demak, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda gumus ko‘p to‘planadi. Masalan, qumloq va
qumli tuproqlarga nisbatan qumoq tuproqlarda gumus miqdori 1,1-1,9, og‘ir qumoq va soz
tuproqlarda 1,6-2,6 marta ko‘payadi. SHo‘rlanmagan karbonatli tuproqlarda gumus ko‘p
to‘planadi, chunki kalsiy gumus hosil qilgan kolloidli mahsulotlarni gellar holida
33
mustahkamlab, yuvilishdansaqlaydi. SHo‘rlangan sharoitda ishqorli asoslar gumatlarni
harakatchan shaklga aylantiradi va gumusning tuproqning pastki qismlariga yuvilib ketishiga
sabab bo‘ladi. Dasht zonasidagi pastkam relefli yerlarda nam ko‘p to‘planganidan o‘simliklar
yaxshi o‘sib, ko‘p organik massa to‘playdi va gumusning to‘planishi uchun balandliklarga
nisbatan qulay sharoit yaratiladi. Turli tuproqlar qator omillarga ko‘ra aytilganidek, nafaqat
gumus miqdori balki sifati bilan ham farqlanadi.
Bo‘z tuproqlarda gumus tarkibida fulvokislota ko‘payadi, ammo bu kislota tarkibi jihatdan
gumin kislotalariga yaqin bo‘lib, takomillashgan va azotga boydir. Qizil tuproqlarda ham
podzollar singari fulvokislotalar miqdori yuqoridir.
Gumus tarkibidagi GK : FK nisbati ko‘rsatgichi tuproqning muhim sifat belgisi bo‘lib,
gumus hosil qilish sharoiti va tuproqning xossalari haqida xulosa qilish imkonini byeradi. Turli
tuproqlardagi gumin kislotalarining xususiyatlari biroz farq qiladi.
Tuproqning gumusli holati deganda organik moddalarning morfologik belgilari, umumiy
zahirasi, xossalari va uning hosil bo‘lishi, o‘zgarishi hamda tuproq profili bo‘ylab harakati
(migratsiyasi) azot bilan boyiganligi, gumus hosil qilish darajasi, gumus kislotalarining tiplari
va ularning alohida jarayonlarning yig‘indisi tushuniladi. Tuproqning gumusli holatini
belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar sistemasi L.A.Grishina va D.S.Orlov (1977) tomonidan
tavsiya etilgan.
Turli tuproqlarda gumusli holat bir xil emas, masalan, tundra tuproqlari organik
moddalarning kam gumusga aylanishi, gumus zahirasining o‘rtacha bo‘lishi va profil bo‘ylab
keskin kamayib borishi, gumusning gumat-fulvat tipda bo‘lishi va azotni kam saqlashi kabi
xususiyatlar bilan xaraktyerlanadi. Podzol tuproqlarning gumusli holati o‘ziga xos bo‘lib, bunda
qalin o‘rmon to‘shamasining bo‘lishi, gumus miqdori va zahirasining juda kamligi, organik
moddalarning o‘rtacha darajada gumus hosil bo‘lganligi va azot bilan o‘rtacha boyiganligi,
gumusining fulvat va gumat-fulvat tipdaligi, yerkin gumus kislotalarning ko‘pligi, kalsiy bilan
birikkan mexanik fraksiyalarning kam bo‘lishi kabi ko‘rsatkichlar xaraktyerli. Madaniylashgan
podzol va chimli podzol tuproqlarning haydalma qatlamida gumus miqdori va zahirasi
ko‘payadi, azot bilan boyishi ancha oshadi, gumus tuproq profili bo‘ylab asta-sekin o‘zgarib
boradi, gumus tarkibida gumin kislotalari ko‘payib, fulvat-gumatli tipga o‘tadi.
Haydalma qora tuproqlarning gumusli holati organik moddalarning ko‘pligi va gumus
zahirasining yuqori bo‘lishi va profil bo‘ylab asta-sekin kamayib borishi, azot bilan o‘rtacha
boyiganligi, gumus hosil qilish darajasining juda yuqori ekanligi, fulvat-gumatli va gumat
tipdagi gumusi, yerkin gumin kislotalarning kamligi va kalsiy bilan birikkan qismining ko‘pligi
bilan xaraktyerlanib, tuproq "nafas olish" darajasining yuqori ekanligi muhim ko‘rsatkichlardan
hisoblanadi. Gumus gorizontining qalinligi qora tuproqlarda 1-1,5 metrdan kam emas, Ukraina
va Kuban qora tuproqlarida 2 m dan oshadi. Qora tuproqlardan Janub va SHimol tomonga
qarab gumus miqdori kamayib boradi.
Bo‘z tuproqlarda gumus miqdori juda kam, profil bo‘ylab keskin kamayib boradi, gumusli
qatlam qalinligi 30-40 sm atrofida bo‘ladi. Bu zonadagi tuproqlar tarkibidagi organik moddalari
yuqori gumus hosil qilishi, azot bilan juda boyiganligi va fulvat-gumatli tarkibidagi gumusi
bilan xaraktyerlanadi.
Tuproq gumusli holatining asosiy ko‘rsatkichi, uning yuqori gorizontlaridagi organik
moddalar miqdori ko‘p bo‘lganidan, ko‘pincha tuproq unumdorligi ana shu belgisi asosida
34
baholanadi. Gumus miqdoriga (tuproqdagi organik moddalarning umumiy miqdori, foiz
hisobida) ko‘ra barcha tuproqlar shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo‘linadi:
Juda yuqori - >10
Yuqori - 6-10
o‘rtacha - 4-6
Kam gumusli -2-4
Juda kam - < 2
Gumusning umumiy zapasi bo‘yicha (20 sm--100 sm t/ga):
yuqori - 150-200--- 400-600 :
kam - 50-100---100-200
juda kam - < 50 < 100
Hozirgi vaqtda qator tuproq tiplari uchun bu gradatsiyadan farq qiladigan klassifikatsiyalar
ishlab chiqilgan. Masalan, O‘zbekiston sug‘oriladigan tuproqlari gumus miqdoriga ko‘ra shartli
ravishda quyidagi gruppalarga bo‘linadi (foiz hisobida): juda kam- 0,00-0,40; kam- 0,41-0,80;
o‘rtacha- 0,81-1,20; etarli- 1,21-1,60; yuqori- 1,61-2,00; juda yuqori- >2,00. Ammo barcha
gradatsiyalarda 15 (ilgari 12) va 30 foiz chegarasi o‘zgarmas standart hisoblanadi.
Tuproqlarning gumusli holati qator agronomik tadbirlarni olib borishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproq unumdorligi ma’lum jarayonlarda yuzaga keladi. Tuproq unumdorligining qayta
tiklanish negizini organik moddalar biogeokimyoviy aylanishi va uni vujudga keltiradigan
ayrim jarayonlar va mexanizmlar tashkil etadi. U nafaqat organik moddalar miqdori va sifatiga,
bundan tashqari yana turli guruhdagi organik moddalar ishtirokida sodir bo‘ladigan, tuproqdagi
moddalarning o‘zgarish jarayonlarining jadalligiga ham chamcharbas bog‘liqdir.
Organik moddalarning tuproq paydo bo‘lishi, uning morfologik belgilari, moddiy tarkibi
va xossalarining shakllanishidagi funksiyalari.
1.
Tuproqqa xos organik profilning shakllanishi.
2. CHirindi va loyli-chirindili birikmalar ishtirokida agregatlar hosil bo‘lishi. Gumusning
minyerallar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi va mikrobiologik va tyermodinamik jixatdan chidamli
strukturaning vujudga kelishi.
3. Qovushmasining shakllanishi va gumusli moddalarning tuproqning suv-fizik
xossalariga ta’siri.
4. Beqaror harakatchan birikmalarning shakllanishi va tuproq minyeral komponentlarining
biogeokimyoviy aylanmaga jalb etilishi.
5. Tuproqning sorbsiya, kislotali-asosli va bufyerlik xossalarining shakllanishi.
B. Organik moddalarning o‘simliklar oziqlanishida bevosita ishtirok etishidagi
funksiyalari.
6. O‘simliklar uchun minyeral oziqa elementlari (N, P, K, Ca. mikroelementlar) ning
manbasi.
7. Getyerotrof organizmlar uchun organik oziqlanish manbasi va tuproqning biologik va
biokimyoviy aktivligiga ta’siri.
8. Yer usti havosidagi SO
2
ning manbasi va fotosintez mahsuldorligiga ta’siri.
9. O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi, oziqa moddalarning o‘zlashtirilishiga ta’sir etuvchi
va h.z. (tabiiy o‘stiruvchi moddalar, fyermentlar, vitaminlar va boshqalar) tuproqdagi biologik
aktiv moddalar manbasi.
V. Organik moddalarning sanitar-himoyalash funksiyalari.
35
10.
Pestitsidlar
mikrobiologik
aynishi
(degradatsiyalanishi)ni
tezlashtirishi,
pestitsidlarning parchalanish tezligiga katalitik ta’sir etishi.
11. Ifloslantiruvchi moddalarning tuproqda mustahkam o‘rnashib qolishi (yutilishi,
kompleks moddalar hosil qilishi va h.z), o‘simliklarga zaharli moddalarning o‘tishini
pasaytirishi.
Tuproqdagi organik moddalar tuproqda kechadigan turli jarayonlarda, unumdorligida va
o‘simliklarning oziqlanishida xilma-xil rol o‘ynaydi. Gumus tarkibida o‘simliklar uchun zarur
deyarli barcha elementlar uglyerod, kislorod, azot, fosfor, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir
singarilar borligi ma’lum. O‘simlik va jonivorlarning nobud bo‘lgan qoldiqlarining parchalanish
jarayonlarida ulardagi oziq moddalar asta-sekin ajralib chiqadi va shuning uchun ham ular
yuvilib ketmay, tuproq qatlamlarida mustahkam ushlanib turiladi.
Gumus tuproqning issiqlik va suv-fizik xossalariga ijobiy ta’sir etadi. CHirindi tuproqning
minyeral zarrachalarini bir-biriga mustahkam biriktirib, uni donador strukturali xolatga
keltiradi. Strukturali tuproqlar suvni yaxshi o‘tkazib, kam bug‘lantiradi, unda havo etarli va
tempyeratura rejimi ham qulay bo‘ladi.
V.A.Kovda tuproqdagi organik moddalar va unda to‘planadigan enyergiyaning tuproqda
kechadigan jarayonlarda hamda biosfyeraning barqarorligidagi rolini ta’kidlaydi. V.A.Kovda
tuproqning gumusli qatlamini planetaning alohida enyergetik qobig‘i -
Dostları ilə paylaş: |