2.
Bo‘z tuproqlar-dengiz sathidan 250-700m och tusli bo‘z tuproqlar, 500 (700)- 900m.
tipik , 900 m. balanlikda to‘q tusli bo‘z tuproqlartarqalgan. Odatda to‘q tusli bo‘z tuproqlar past
tog‘ va tog‘ yonbag‘irliklarida (nishabligi 5
0
-10
0
) o‘rta toshli, melkozemi kam bo‘lgan
delyuvial-prolyuvial yotqiziqlar ustida rivojlanadi. To‘q tusli bo‘z tuproqlar profili ham qisqa,
(chimli qatlam 3-5sm, chim osti qatlami 4-7sm), gumus bu qatlamlarda 2,0-2,5 foyizni tashkil
qiladi, mexanik tarkibi esa o‘rta va qisman o‘rta qumoqlidir. Tipik va och tusli bo‘z tuproqlar
esa tog‘ oldi prolyuvial tekisliklarida rivojlanadi. Qo‘riq sharoitda ular uchun juda qisqa 3-5sm
lekin uncha mustaxkam bo‘lmagan chimli qatlam bo‘lib, u odatda o‘rta qumoqli, och tusli bo‘z
tuproqlar esa engil qumoqli, kam gumusli (1,1-2,2%), tuproq yuzasida mayda toshchalarning
mavjudligi bilan xaraktyerlanadi. Bu tuproqlarda karbonatli qatlamlar, ayniqsa tipik bo‘z
tuproqlarda , yaxshi ifodalangan.
SHuni takidlash o‘rinliki, tipik va och tusli bo‘z tuproqlar profilida genetik
qatlamlarning to‘la shakllanishi ular rivojlanayotgan relefga bog‘liq bo‘ladi. Darhaqiqat yassi
to‘lqinsimonli, nishabi kam ifodalangan prolyuvial tekisliklarda bu tuproqlarning genetik
qatlamlari yaxshi ifodalangan bo‘lib, ular qalin melkazemli (100-150sm) qatlamga ega. Ularda
41
o‘ziga xos morfogenetik belgilar yaqqol ifodalangan. Agar bu tuproqlar past tog‘li, supasimon
yoki o‘r-qirli relefda rivojlansa, ular qisqa profilli bo‘lib o‘ta skeletli va shag‘alli bo‘ladi.
3
. Sahro qumli tuproqlar- bu bevosita Nurota tekisliklari bepoyon Qizilqum hududi bilan
tutash bo‘lgan tekis relefli sharoitda rivojlangan. O‘simlik dunyosi asosan polin (supurgi) va
sho‘ralardan iborat, o‘t o‘simliklari (chim hosil qiluvchilar) juda kam. Bu tuproqlarda genetik
qatlamlar deyarlik ifodalanmagan chim va chim osti qatlamlarida 0,4-0,6% gumus bo‘ladi, lekin
mexanik tarkibi qumli bo‘lganligi sababli shamol yeroziyasiga chalingan, shuning uchun bo‘lsa
kyerak, tuproqning yuza qismi mayda shag‘allidir. Odatda bu tuproqlar tarqagan hududlardan
chorva uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Yuqorida bayon etilgan malumotlar asosida shuni takidlash mumkinki, Nurota tog‘ va
tog‘ oldi tekisliklarida tarkib topgan tuproqlar O‘zbekistonda shu nom bilan tarqalgan barcha
tuproq tiplaridan, dastavval ularda morfogenetik takomillanishi o‘ta quruq sharoitda kechishi,
gumus miqdorining kamligi hamda bu qatlamning katta emasligi, o‘simlik dunyosining
kamligi, mexanik tarkibini toshchaliligi, suv, ayniqsa shamol yeroziyasiga chalinganligi, bo‘z
tuproqlarni esa sho‘rlanishga moyilligi kabi o‘ziga xos hududiy belgilarning mavjudligi bilan
ajralib turadi. Umuman olganda, Nurota tumani xo‘jaliklarida keng tarqalgan tipik bo‘z
tuproqlar dehqonchilik uchun yaroqli hisoblanadi. Bu tuproqlarni suv manbalari mavjud
bo‘lsa, sug‘orma dehqonchilikda keng jalb qilish mumkin. Och tusli bo‘z tuproqlar ham
sug‘orma dehqonchilik uchun yaroqli, lekin bunda kuchli sho‘rlanish jarayonining bo‘lishi
mumkinligini hisobga olgan holda o‘zlashtirish ishlarini tashkil qilish zarur. Quyida, yuqorida
bayon qilingan tuproq tiplarining tavsifi byeriladi.
Bo‘z tuproqlar poyasining iqlimi ancha o‘zgaruvchandir. Bunga, shu joyning o‘ziga xos
xususiyatlari sabab bo‘lmoqda. SHu munosabat bilan tipik tuproqlar va unda o‘sadigan
o‘simliklar xislatlarida bazi xususiyatlar yuz byerganligi aniqlangan.
Umumiy kuzatishlarning, qisman tajriba matyeriallari bilan tasdiqlangan yakunlariga
asosan, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkun: (Suchkov, 1959)
A) O‘rta Osiyoning janubida ( Boysun,Kitob, SHaxrisabz ) tipik bo‘z tuproqlarning
profili ancha byerchlangan:
B) tipik bo‘z tuproqlarda gumus kamroq, kavyernoz va illyuvial karbonatli gorizont
unchalik yaxshi bilinmaydi va u balandroqdagi qatlamda joylashgan:
V) O‘rta Osiyo tog‘ etaklari polosasining markaziy qismidagi ya’ni CHirchiq-Ohangaron
massivi Zarafshon daryosiinig yuqori va o‘rta oqimi hamda Farg‘ona vodiysining
balandliklaridagi bo‘z tuproqlar eng tipik hisoblanadi.
Tipik bo‘z tuproqlar profilining morfologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1)gumus gorizonti yuzaroq joylashgan karbonatli gorizont va chuqur joylashgan gipsli
gorizont etarli darajada aniq bilinib turadi:
2)gumusli oraliq gorizont bilan o‘rindosh joylashgan va chuvalchang hamda qurtlarning
aktiv faoliyati tufayli vujudga kelgan kavyernoz (g‘ovak) gorizont ham uchraydi.
Gumusli gorizont (A-gorizont). Qalinligi 12-16 sm. Odatda sur rangli bo‘ladi va salgina
qo‘ng‘ir tusli bo‘lib tovlanadi. Ustki (4-5 sm qalinlikdagi) qismi tangasimon qatlamli (yoki
mayda uvoqchali) srukturadagi tuproqlardan tashkil topgan. Efemyerlarning mayda ildizchalari
asosan shu qatlamda pastroqda (12-16sm qalinlikdagi qavatda) salgina qo‘ng‘ir rangli bo‘lib
tovlanadigan och tusli bo‘z tuproq joylashgan. Bu qatlam bir muncha zichlashganligi, unchalik
mustahkam bo‘lmagan uvoqchali strukturasining yaxshi bilinmasligi, ildizlarning kamligi va
yer kavlaydigan qurtlarning yullari bo‘ladi.
Karbonatli uyumlar, mustahkam konkretsiyalar (qattiq holdagi yangi yaralmalar) va
psevdomeitsellar shaklida kalsiy karbonat vujudga keltirilgan yaralmalarning bo‘lishi bilan
xaraktyerlanadi. Karbonatli yaralmalarning soni va morfologik yaqqolligi pastga qarab, 90-110
sm-gacha tobora oshadi, keyin yana kamaya boshlaydi. Gorizontning ustki qismida (20-50 sm-li
qavatda) kavyernoz (g‘ovak) qatlam qavat borligi aniq bilinib turadi. CHuvalchanglar yul yasab
va qo‘ng‘izlar qattiq devorli uyalar qurib bu qavatni ilma-teshik qilib yuborgan va bu yullarga
42
ohak to‘lgan bo‘ladi. Gorizontning ustki qismi qo‘ng‘ir-sarg‘ish buz rangli, quyi qismi esa
sarg‘ish-rangli bo‘ladi.
Tuproqlarning gorinzantal yoki kenglik bo‘yicha tarqalish qonuniyati xaqidagi ma’lumot
V.V.Dokuchaev va uning izdoshlari yerishgan yutiklarning eng muximlaridan hisoblanadi va bu
qonuniyat tuproq hosil bo‘lishidagi Dokuchaev konsepsiyasidan bevosita kelib chiqadi. CHunki
tuproq hosil qiluvchi omillar tekisliklarda jo‘g‘rofik kenglik bo‘ylab cho‘zilgan mintaqaviylik
qonuniga bo‘ysinganligidan, bu omillarning mahsuli bo‘lgan tuproqlar ham mintaqlar bo‘yicha
tarqalgan. SHu bilan birga biologik iqlim mintaqalarining chegaralari ko‘pchilik xollarda tuproq
mintaqalari chegaralariga to‘g‘ri keladi, lekin hamma vaqt ham bunday xolat
kuzatilmaydi,chunki tuproq tashkil topishida mintaqaviy omillar bilan birga mintaqaviy
bo‘lmagan omillar ham ishtirok etadi. Biroq tuproq hosil qiluvchi omillar o‘z ta’sirlarining
jo‘g‘rofik ko‘lamiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruhga keng jo‘g‘rofik miqyosdagi quruqlikning o‘lkan xududlariga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar - iqlim, organizmlar va o‘lkaning yoshi kiradi. Tuproq tiplarining bir-
biridan keskin farq qiladigan guruxlarining jo‘g‘rofik joylashish qonuniyati ana shu qonunlarga
bog‘liq. Tuproq hosil qiluvchi jinslar, relef, mikroiqlim va odam faoliyati ikkinchi gurux
omillariga kiradi. Bu omillar tuproq tipi ichidagi kichikroq taksanomik birliklar bo‘lib, ichki
tipchalar, tuproq ayirmalarining paydo bo‘lishida rol uynaydi.
YUqorida qayd qilinganidek, bu omillar va ularning ta’sirida hosil bo‘lgan tuproqlar ham
jo‘g‘rofik mintaqaviylik qonuniyatiga buysunadilar.
Jo‘g‘rofik kenglik mintaqalari matyeriklarning tekislik qismlariga xos bo‘lib, uning
mohiyati shundan iboratki, eng ko‘p tarqalgan tuproq tiplari xar xil kenglikda mintaqalar
shaklida joylashib, shimoliy yarim sharda shimoldan janubga qarab iqlim o‘zgargan sari
qonuniy ravishda biridan keyin ikkinchisi o‘rin oladi. Lekin, tuproqlarning taraqqiyotiga relef,
o‘simlik va boshqalarning rivojlanishidagi ta’siridan tuproqlarning jo‘g‘rofik kenglik bo‘ylab
mintaqlar hosil qilishi, hamda tuproqlarning joylanishi iqlim mintaqalariga qat’iy bog‘liq deb
hisoblash to‘g‘ri emas.
V.V.Dokuchaevning ta’kidlashicha tuproqlarning gorinzontal kenglik bo‘yicha
(geografik) tarqalishining mohiyati shundaki, ya’ni yer yuzida, asosiy tuproq tiplari xar xil
kenglikda xududlarga o‘xshash joylashgan shimolliy yarim sharda shimoldan ekvatorga qarab
issiqlik va yorug‘likning oshib borishiga parallel ravishda biri ikkinchisi bilan almashib boradi.
Tuproqning paydo bo‘lishi va rivojlanishida iqlimning roli juda katta. Iqlim
tuproqning paydo qiluvchi asosiy omillarning biri bo‘lib o‘simlikka va mikrobiologik
jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, tuproq paydo bo‘lish jarayonida aktiv ishtirok etadi.
Iqlim bu atosfyera xolati va tuproqqa ta’sir etuvchi atmosfyera jarayonlari,eng
avvalo issiqlik va suvning bosh miqdoriyko‘rsakichidir.
Iqlim geologik vaqt nuqtai nazardan o‘zgaruvchan xoldir. Tuproq paydo bo‘lishi
jarayoning enyergetikasi iqlim sharoiti bilan bog‘liq.
Iqlim tuproqlarning yer yuzida qonuniyatli tarqalishiga sababchidir.Yer iqlim bir
necha omillarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi , ularning asosiylari
quyidagilar; 1. Quyosh nuri enyergiyasining kelishi va sarflanishi; 2. Issiqlik va namlikni
qayta taqsimlovchi atmosfyera sirkulyasiyasi; 3. Atmosfyera sirkulyasiyasidan
ajralmaydigan nam almashinuvchi; Bu omillarning har biri joyning jug‘rofik holati
(kenglik, balandlik va h,k.) bilan bog‘liq.
Radiatsiya balansi deganda, yer yuzasiga
yutilgan radiatsiya va samarali nurlanish orasidagi farq tushiniladi. Radiatsiya balansi
yer yuzasining har xil joylarida bir xil emas. CHunki, u ko‘p omillar, jumladan joyning
kengligi, yuzaning tuzilishi, xududning namlanish darajasi kabilar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston xududi iqlim xususiyati bo‘yicha subtropik iqlim sharoitiga to‘g‘ri
keladi. O‘rta Osiyo xududlarida atmosfyera yog‘inlarining miqdori nihoyatda notekis
bo‘lib, bu tog‘tizmalarining joylanishi qiyaliklar ekspozitsiyasi va orfografiyasining
43
boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq.
Saxro mintaqasidagi yillik yog‘in miqdori 100ml
dan kam bo‘lsa, tog‘larda bu ko‘rsatkich 1000mmni tashkel qiladi.
Namlik va quyosh radiatsiyasi tuproqqa ta’sir qilib, ularning asosiy
xususiyatlaridan biri -gidrotyermik rejimni vujudga ketiradi. Tuproqshunoslik amaliyotida
tuproq suv rejimining omili iqlim tavsifi ekanligi T.I.Visotskiy tomonidan ko‘rsatib
byeradi.
Tundradan janubga tomon iqlim asta-sekin yumshab yaxshilana boradi. SHuning
uchun ham Rossiyaning markaziy va janubiy viloyatlarida podzol, sur tusli o‘rmon
tuproqlari, qora tuproq, kashtan tuproq, qo‘ng‘ir turpoq va bo‘z tuproqlar singari yaxshi
rivojlangan mitaqaviy tuproqlar uchraydi.
Tuproqlarning geografik kenglik bo‘yicha tarqalishi
Bizga ma’lumki litosfyerada tuproqlar ma’lum tabiiy qonun asosida tarqalgan. Har qaysi
tipdagi tuproq o‘ziga hos geografik mintaqada uchraydi. Tuproqlarning bunday xilda
tarqalishini dastlab A.Byeruniy keyinchalik Rossiyada V.V. Dokuchaev va N.M. Sibirsev
aniqlaganlar. V.V. Dokuchaev «Tabiiy zonalar haqida ta’limot» (1898 y) asarida tuproq
qoplamining geografik gorizontal va vyertikal tarqalishida sekin asta bir biri bilan almashinib
borish qonuniyatlarini batafsil ochib byerdi. Tuproq tiplarining ekvatordan qutbga tomon,
shuningdek, tekislikdan tog‘likka ko‘tarilish bilan asta-sekin o‘zgarib borishini va har qaysi
tipdagi tuproqning o‘ziga xos joyni egallashini tuproq zonasi deb atadi va tuproqlar gorizontal
va vyertikal tarqalish qonunlari asosida tarqalganligini aniqladi. Tuproqlarning geografik
tarqalishi tuproq hosil qiluvchi omillar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi va shu sababli tuproq tiplari
ham o‘zgarib boradi. «Tuproqning eng muhim, ya’ni asosiy tiplari, - deb yozadi N.M. Sibirsev,
- yer yuzida zonal ravishda tarqalgandir». Lekin tuproq tiplarining gorizontal zonallik qonuni
asosida tarqalishi turli mahalliy sharoitning tog‘lik, gidrogeologik va geologik xususiyatlariga
ko‘ra qisman o‘zgarishi mumkin. Tuproqning vyertikal zonallik qonuni asosida tarqalishini
V.V. Dokuchaev quyidagicha ifodalaydi: «Dengiz sathidan eng baland tog‘lar cho‘qqisiga
ko‘tarilish bilan tuproqning vyertikal zonalari ekvatordan qutbga tomon harakat qilganday
izchillik bilan almashinadi».
Bundan tashqari, tuproqning introzonal qonun asosida tarqalishi mahalliy sharoitga xos
bo‘lgan turli tabiiy faktorlar ta’siriga bog‘liq. Masalan, qora tuproq yoki bo‘z tuproq zonasidagi
gidrogeologik omillar ta’sirida paydo bo‘lgan o‘tloqi, sho‘rhok va botqoq tuproqlar introzonal
tuproqlar hisoblanadi. Demak, yer yuzida tuproqlar umumiy tabiiy qonun, ya’ni tuproq zonalligi
qonuni asosida tarqalgan, har qaysi tuproq zonasida o‘ziga xos tipdagi tuproq tarqalgan. Ayrim
viloyat, hatto kichik bir tuman xududida hamda ko‘pincha, bir necha xil tuproq tiplari uchrashi
mumkin. Asosiy sababi shu xudud sharoiti-ya’ni tuproq hosil qiluvchi omillarning turlicha
ta’siri bo‘lishidir. Tekislik qismida quyidagi gorizontal tuproq zonalari uchraydi (shimoldan
janubga tomon):
1)
Tundra tuproqlar zonasi;
2)
Podzol tuproqlar zonasi;
3)
Sur tusli o‘rmon tuproqlar zonasi;
4)
Qora tuproqlar zonasi;
5)
Kashtan va qo‘ng‘ir tusli tuproqlar zonasi;
6)
Bo‘z tuproqlar zonasi;
44
7)
Qizil tuproqlar zonasi;
Bu zonalarda uchraydigan asosiy tuproqlardan tashqari, har qaysi zonada shu joyning
tabiiy sharoitiga qarab yuqorida kayd etilgandek, introzonal tuproqlar ham uchraydi.
Yuqorida byerilgan 7 ta tuproqlar o‘zining kelib chiqishi, rivojlanishi, unda kechadigan
fizik kimyoviy va biokimyoviy xossalariga ko‘ra bir biridan turlicha farq qiladi. SHuning uchun
tuproqlarning muhim va asosiy xususiyatlarini o‘rganishda ularni ma’lum guruhlarga ajratish,
ya’ni tuproq klassifikatsiyasini ishlab chiqish lozim.
V.V. Dokuchaev tuproqning paydo bo‘lishidagi hamma tabiiy omillarning ahamiyatini
e’tiborga olib, tuproqlarni uch sinfga-
Dostları ilə paylaş: |