Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Tuproq paydo bo‘lishida relefning roli



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Tuproq paydo bo‘lishida relefning roli
Tuproq paydo qilish muxim omillardan biri
relef. Relef asosan quyosh radiatsiyasi va namlikni yer yuzasida qayta taqsimlab byeradi. 
Relef tuzilishiga qarab 3 xil bo‘ladi makrorelef, mezorelef, mikrorelef. 
Makrorelef
- katta xududlar qiyofasini belgilaydigan tekislik, plato, tog‘ tizimlari kabi 
relefning yirik shakllari tushiniladi. Bu relefning kelib chiqishi asosan tektonik xodisalar bilan 
bog‘liq. 
Mezorelef
- tepalik, chuqurlik, vodiy tyerassa va ularning elementlari, yassi uchastkalar
har xil tepalikdagi qiyaliklar kiradi. Bu relefning vujudga kelishida asosan 
ekzogen geologik
jarayonlar bilan bog‘liq. 
Mikrorelef
- unchalik katta bo‘lmagan va nisbiy balandligi 1 m atrofidagi relefning 
mayda shakllariga aylanadi. 
Tuproq paydo bo‘lish jarayonida, relefning shakli boshqa tuproq paydo qiluvchi omillarga 
ham bevosita ta’sir etadi. M: issiqlik va namlikni qayta taqsimlaydi. O‘simliklar ham shunga
moslanadi.Xozirgi paytda relefning xolatiga va uning qayta taqsimlangan atmosfyera 
yog‘inlari miqdori bo‘yicha tuproqlar guruxlarga ajraladi.
Avtomorf tuproqlar
- tekis yer yuzasida, sizot suvlari 5 m dan chuqurda joylashgan 
bo‘ladi. 
YArimgidromorf tuproqlar
- sizot suvlari 3-5 m chuqurlikda hosil bo‘lgan tuproqlar. 
Gidromorf tuproqlar
- yer yuzasiga 3 m dan yaqin bo‘lgan sharoitda vujudga keladi. 
Tuproqning yoshi.
Tuproqning paydo bulishi jarayoni ma’lum bir vakt ichida yuz byeradi. 
Tuproq yoshi 2 xil bo‘ladi nisbiy va absolyut 
Absolyut yosh
- bu tuproq hosil bo‘lgandan to shu vaqtgacha bo‘lgan davr tushiniladi. U 
bir necha yildan million yillargacha bo‘lishi mumkin. 
 Nisbiy yosh
- tuproq paydo bo‘lishi jarayonining tezligini, tuproq rivojlanishi bir 
bosqichning boshqasi bilan almashuv jadalligini belgilaydi. U tuproq paydo bo‘lishi 
jarayonining yo‘nalishi va tezligiga jinslarning tarkibi va xossalari, relef sharoiti kabilarning 
ta’siri bilan bog‘liq. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin