Tashqi omillarga yog‘in miqdori, uning tez yoki sekin yog‘ishi, yil fasllarida
taqsimlanishi, iqlim sharoitiga bog‘liq holda, qor va muzliklarning yerish sur’ati, yerning
nishabligi, tuproq betining o‘simliklar bilan qoplanish darajasi kiradi.
Tuproq yeroziyasi o‘rmon va daraxtzorlarning mavjudligi, ularning zichligi,
yaylovlardan foydalanish, yerni ishlash va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liq. Tuproqning
kuchli yoki kuchsizroq yeroziyalanishi yog‘inning ko‘p va kuchli yog‘ishi, yerning nishabligi,
o‘t va daraxtlar bilan yaxshi qoplanganlik darajasiga, yaylovlardan to‘g‘ri foydalanmaslikka
hamda yerni ishlash agrotexnikasiga etarli amal qilmaslikka bog‘liq.
Ichki omillarga tuproqning xossalari, jumladan, strukturasi mexanikaviy tarkibi, suv
o‘tkazuvchanligi, namlik darajasi, kimyoviy tarkibi, ayniqsa chirindi miqdori va boshqalar
kiradi.
Agar tuproq strukturali, syergumusli hamda uning suv o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lsa,
suvda oson yeruvchi tuzlar yerda qancha kam bo‘lsa, yeroziya ham shuncha kam rivojlanadi.
SHuning uchun syergumus va strukturasi yaxshi qora va o‘tloqi tuproqlarkashtan va bo‘z
tuproqlarga nisbatan yeroziyaga ancha chidamli bo‘ladi.
SHamol yeroziyasi. Bu yeroziya tufayli, ko‘pincha tuproqning unumdor qatlamini
shamol uchirib ketadi. Ayniqsa o‘simliklari siyrak qurg‘oqchil cho‘llarda, xususan yaylovdan
noto‘g‘ri foydalanilganda shamol yeroziyasi kuchli bo‘lib, qumlarni uchirib ketadi va
ko‘pincha, sug‘oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga olib ketadi. Natijada sug‘orish
shahobchalari va unumdor yerlar qum bilan ko‘milib qoladi.
SHamol yeroziyasi tufayli tuproqning mayda zarrachalardan iborat bo‘lgan
qismi hamda
undagi gumus va oziqa moddalari yo‘qoladi, natijada tuproq unumdorligi nihoyatda pasayadi,
ekinlarning hosili ham juda kamayib ketadi. Ana shunday tuproqlarning unumdorligini tiklash
uchun bir necha o‘n yillar kyerak bo‘ladi. SHamol yeroziyasiga uchragan tuproqlarda yerga
solingan o‘g‘itlar samarasi ham yeroziyalanmagan yerlarga nisbatan kamroq.
SHamol yeroziyasiga uchragan yerlarga, ayniqsa, qumli cho‘llarda qumda o‘sadigan har
hil bo‘ta o‘simliklar ekish tavsiya etiladi. Undan tashqari shamol yeroziyasi kuchli bo‘ladigan
maydonlardagi qumlar betiga har hil yopishqoq organik moddalar sochib, pardali qatlam hosil
qilish orqali qumlarni ko‘chishdan to‘xtatish ham yaxshi natija byeradi. SHamol yeroziyasiga
qarshi kurashishda, shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib ihota daraxtzorlar barpo etish asosiy
va zarur tadbirlardan biri hisoblanadi.