46
7- MA’RUZA:
TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1.
O‘zbekiston tuproqlari va ularning xolati
2.
SHo‘rlangan tuproqlar
3.
Ifloslangan tuproqlar
4.
Yeroziyaga degradatsiyaga uchragan tuproqlar
5.
Tuproqlarni muxofaza qilish va saqlash hozirgi zamonning eng dolzarb
muammolaridir
1987 yilda O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida turli darajada sho‘rlangan maydonlar
1970,7 ming gektar bo‘lib, jumladan kam sho‘rlangan 1117,7 ming gektar, o‘rtacha
sho‘rlanish 611,2 va kuchli sho‘rlangan 241,8 ming gektar. tashkil qiladi.
Demak: sho‘rlangan tuproqlar - 55,4%
kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 25,2%
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar - 13,4%
kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 5,8%
juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 0,2% tashkil qiladi.
Bu olingan ma’lumotlar 1990 yilgacha olingan ma’lumotlardir.
Dexqonchilik qilinadigan joylarda ekinlarni joylashtirishni ilmiy jihatdan asoslanmagan
sistemalarini qo‘llash natijasida tuproqlar suv va shamol yeroziyasini kuchaytirishga olib
kelmoqda.
Yeroziya
(lotincha o‘yilish, emirilish) suv va shamol ta’sirida tuproqning emirilish
jarayonidir. Tuproq yeroziyasi kelib chiqishiga qarab suv yeroziyasi va shamol yeroziyasiga
bo‘linadi.
Suv yeroziyasi
- suv ta’sirida emirilishiga, shamol natijasida emrilishiga
shamol
yerozyasi
deyiladi
Tuproq turli ta’sirlar natijasida tez buziladigan va amalda deyarli tiklanmaydigan tabiiy
resurslardir. Hisoblarga ko‘ra 10smqalinlikdagi tuproqqatlamining hosil bo‘lishi uchun 1400 -
1700 yil kyerak. CHunki taxminan 100 yilda atigi 0,5- 2 sm tuproqqatlami hosil bo‘ladi.
Tuproqlarni muhofaza qilish tuproqlarni yeroziyadan saqlash. Buning uchun turli ixota
daraxtlarni o‘tkazish, tog‘li rayonlarda ko‘ndalangiga tyerrassalash va boshqa tadbirlarni
amalga oshirish. Yerlarni sho‘rlanishidan saqlash Ximikatlar bilan zaxarlanishi, o‘g‘itlarni
to‘g‘ri qo‘llash, Tuproqlarninng og‘ir metallar bilan ifloslanishini oldini olish hisoblanadi.
Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar bitmas-tuganmas
ulardan qancha foydalansa ham tugamaydi degan tushunchaga ega edi. Ammo inson insonning
tabiatga ta’sir etishi va uning resurslardan noto‘g‘ri foydalanishi tufayli tabiiy muxit ifloslanib,
xo‘jalikka va ayniqsa inson salomatligiga ta’sir eta boshladi. Inson o‘zining tabiatga
ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirini oqibatlarini sezgach va bilgach tabiatdan oqilona planli tejab
tyergab foydalanib muxofaza qilish kyerakligini o‘ylay boshlaydi.
Mustaqil o‘lkamizda, sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun albatta tabiiy
resurslardan foydalanish kyerak, lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotlik
bilan olib borish lozim. Aks holda tabiat qashshoqlanib boravyeradi.
Biz tabiatga ta’sir etib, undan o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan narsalarni olayotganda,
shunday qilaylikki, tabiatdagi bu o‘zgarish insoniyat uchun naf keltirsin, lekin ekologik
47
muammoni keltirib chiqarmasin
Dostları ilə paylaş: |