45
tarqalishida yon bag‘irlarining ekspozitsiyasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqlarning vyertikal
mintaqaviyligi o‘rta Osiyo va Kavkaz tog‘larida yaqqol ko‘zga tashlanadi. o‘rta Osiyo
tog‘larida vyertikal mintaqaviylik och tusli bo‘z tuproqlardan boshlanadi. Xozirgi zamon tuproq
geografiyasi fanida bu narsa xech qanday shubxa tug‘dirmaydi. Lekin och tusli tipik buz
tuproqlar tog‘ tuproqlarimi yoki tekislik tuproqlarimi degan muammo ba’zi bir tuproqshunos
olimlar o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘lmoqda.
Avtomorf tuproqlar deb grunt suvlari 5 metrdan chuqqurlikda joylashgan tuproqlarga
etiladi. CHo‘l zonasining tuproqlari turon pasttekisligi relefi jihatdan ancha murakkab, unda
qadimiy qoldiq-baland platolar (baland tekisliklar) pastroq qoldiq – tog‘lar, tog‘ etaklaridagi
qiya tekisliklar, qadimgi va xozirgi allyuvial tekisliklar uchraydi.
CHo‘l mintaqasining iqlimi quruq va kontinental. Yillik yog‘in sochin miqdori 80-100mm.
ni bug‘lanish esa 1500 mm.ni tashkil etadi. Namlanish koefitsenti 0,1 dan kichik.
YOg‘ingarchilik qisqa muddatli. Avtomorf tuproqlar asosan cho‘l zonasida keng tarqalgan.
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, cho‘l miintaqasining cho‘l qumli tuproqlari, taqirli tuproqlar
avtomorf tuproqlar hisoblanadi. Avtomorf tuproqlarning sizot suvlari 5 metrdan pastda
joylashgan bo‘ladi.
Giromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari (0,5-3,0 metr) bo‘lgan sharoitda, doimiy kapilyar
namlik ta’sirida xosil bo‘ladigan o‘tloq, botqoq, botqoq-o‘tloq tuproqlar va sho‘rxoklar kiradi.
Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarining sathi, minyerallashganlik darajasi va
shuningdek davriy ravishda toshqin suvlari rejimiga bog‘liq. Tuproqning namlanib turish holati,
shu yerdagi tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning mexanik tarkibi. fizikaviy xossalariga bog‘liq.
Gidromorf tuproqlar cho‘l va bo‘z tuproqlar zonalarida tarqalgan bo‘lib, daryolarning quyi
tyerrasalari, relefi chuqur bo‘lgan joylarda, ko‘l atrofi, daryo va ko‘llarning qurib qolgan
pastliklari va tog‘ oldi qiya tekisliklari hamda tog‘ oldi yoyilmalarini katta maydonlarini
egallaydi.
Bunday normal ya’ni tuproqlar tarqalishining qonuniyatga bo‘ysunmagan xolati,tog‘larning
nisbatan joylashish xolatiga bog‘liq. Bu xolat, ya’ni tog‘ tizimining boshqa tog‘lar bilan
dengizdan to‘sib qo‘yilganilgi, dengiz qirg‘og‘ida yoki quruqlik markazida joylashganligi
asosan tog‘ iqlimining namligiga ta’sir qiladi.
Sug‘oriladigan yerlarning 60 % ga yaqinini bo‘z tuproqlar mintaqasida, qolganlari cho‘l
zonasida joylashgan. Sug‘oriladigan yerdarda yarim gidromorf va gidromorf tuproqlarning eng
ko‘p qismi Xorazm viloyatida bo‘lib, yer osti sizot suvlari 1 m dan yuqori bo‘lgan maydonlar
19% ni, 1-2 mdan yuqori bo‘lgan maydonlar esa 8% tashkil etadi. Bu tuproqlar daryo va
deltalarda vodiylarda keng tarqalgan. ( Mirzacho‘l, Qarshi, Farg‘ona).
Tuproqlardan ko‘proq foydalanish maqsadida ko‘p joylar o‘zlashtirilmoqda. CHunki
cho‘l zonasi tuproqlarda sho‘rlanish jarayoni ketayapti, bu hosildorlikni ancha pasaytirishga
olib keladi. Bu jarayon ayniqsa cho‘l zonasida va och tusli bo‘z tuproqlar zonasida kuchli
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: