50
8- MA’RUZA:
O‘SIMLIKSHUNOSLIK FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
1.
O‘simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi
2.
O‘simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
3.
Tadqiqot usullari.
4.
O‘simliklarning kelib chiqish markazlari.
O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka
yerishganidan keyin iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi muammolarni xal etish borasida dadil qadamlar
qo‘yilmoqda. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi soxasida o‘tkazilayotgan isloxatlar asosida
xozirgi zamon bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini tadbiq etish natijasida qishloq xo‘jaligi
korxonalari, fyermyer va dexqon xo‘jaliklari bozor iqtisodi sharoitlariga moslashib o‘z
o‘rinlarini topayotganligi va ishlab chiqarishni rivojlantirayotganliklari albatta katta yutuqlardan
biridir.
Ma’lumki, bizda qishloq xo‘jaligi asosiy tarmoqlardan biri bo‘lib,
va u xar bir
mamlakatdagi kabi insonlarni oziq-ovqat maxsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan
ta’minlovchi bosh bo‘g‘in hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ko‘xna tarixga ega bo‘lib, bundan
ming yillar avval ham ota-bobolarimiz qishloq xo‘jalik samaradorligini oshirish dexqonchilik
va bog‘dorchilik ishlarini yaxshilash borasida tinimsiz izlanishlar olib borishgan.
Xozir
dalalarimizda katta maydonlarda etishtirilayotgan turli-tuman meva, sabzavot, em-xashak va
boshqa texnika ekinlari avlod-ajdodlarimiz tomonidan bir necha
ming yillar davomida turli-
tuman yovvoyi o‘simliklar orasidan tanlash, chatishtirish, payvandlash usullari bilan yaratilgan.
Demak, ko‘pchilik madaniy o‘simliklarning asosiy bunyodkori insonnning aql-zakovati va
mexnati hisoblanadi.
Dunyo bo‘yicha yer sharida 500 mingga yaqin o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, shulardan
20 mingdan ziyodi insonlar tomonidan ekib o‘stirilgan ekinlardir. SHulardan eng ko‘p
ahamiyatga ega bo‘lganlari 640 ta bo‘lib, shundan 90 tasi dala ekinlari turiga kiradi. Qishloq
xo‘jaligida doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning
kirib kelishi bu soxadagi
mutaxassislardan chuqur va xar tomonlama puxta bilimga ega bo‘lishni talab qiladi.
O‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, axoli uchun oziq-
ovqat maxsulotlari, chorvachilik uchun em-xashak va engil sanoat uchun xom-ashyo etishtirib
byeradi.
O‘simlikshunoslik qadimdan, ya’ni madaniy o‘simliklar paydo bo‘lishi
bilan kelib
chiqqan va dexqonchilik bilan doimo chambarchas bog‘liq xolda rivojlanib boradi. Dastlab
dexqonchilik Xitoy, Siriya, Xindiston, Misr, Meksika va Markaziy Osiyoda rivojlana
boshlagan.
O‘simlikshunoslik
fani xozirgi davrda, asosan dala ekinlarini tadqiq etish bilan
shug‘ullanadi va madaniy ekinlarni guruxlarga bo‘lib, ularning botanik, biologik xususiyatlarini
o‘rganadi, ekinlar va navlardan muttasil mo‘l xosil olishni ta’minlaydigan yangi
texnologiyalarni ishlab chiqadi. O‘simlikshunoslik agrokimyo,
seleksiya, dexqonchilik,
biokimyo, o‘simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik kabi bir qator fanlar bilan uzviy
bog‘langan.
Dostları ilə paylaş: