tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]
Kuzgi va bahorgi don ekinlari Don ekinlari 2 ta biologik guruxga: kuzgi va baxorgi don ekinlariga bo‘linadi.
Kuzgi don ekinlariga-kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, tritikale va kuzgi arpa kiradi. Ular
kuzda ekilib qishlagandan keyin yozda xosil byeradi. Agar kuzgi ekinlar baxorda ekilsa ular
shoxlanadi, ammo boshoq byermaydi, ularning rivojlanish davrida past tempyeratura zarur, 30-
60 kun orasida tempyeratura -0-3
0
S bo‘lishi kyerak (tuplanish fazasida 10-12
0
S).
Baxorgi don ekinlari (baxorgi bug‘doy, baxorgi javdar, baxorgi arpa, suli va tariqsimon
ekinlar) yerta baxorda ekiladi, xosili shu yili yozda yig‘ib olinadi.
Kuzgi va baxorgi formalaridan tashqari yana oraliq formalari ham mavjud. Ularga
kavkaz bug‘doyi (dvuruchka) kiradi, baxorda ekilsa boshoq chiqarishga ulgirib xosil etiladi.
Kuzda ekilganda qish qattiq bo‘lmaganda qishlab ham xosil byeradi.
Kuzgi don ekinlarining xosildorligi baxorgi don ekinlariga qaraganda gektariga 0,8-1 t.ga
yuqori bo‘ladi. O‘z muddatida ekilgan kuzgi don ekinlari ko‘p miqdorda massa to‘playdi,
chunki ularning vegetatsiya davri 120-150 kun, baxorgi don ekinlariniki esa 90-100 kun davom
etadi.
O‘zbekiston sharoitida ikki muddatda: kuzda va baxorda ekiladigan yarim kuzgi yoki
duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar) kuzda
ekiladi va yanagi yilning yozida xosil etiladi.
Ishlab chiqarishda kuzgi don ekinlarini xo‘jalik tomonidan afzallik tomonlari ham bor.
Kuzgi don ekinlari va yerta baxorgi yog‘ingarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan
to‘la foydalanadi, shu sababli xosildorligi yuqori bo‘ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining
xosili baxorgiga nisbatan oldin pishadi (7-15 kun) va xosil yig‘ish ishlarini tashkil qilishda
ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi ekinlar yig‘ib olingandan so‘ng qo‘shimcha ang‘iz ekinlari o‘sha
maydonda em-xashak uchun ekiladi. Kuzgi don ekinlari gektariga 60-70 s xosil byeradi.