58
Nay o‘rash fazasi
- bu bo‘g‘in oraliqlarining uzayishi yoki poya o‘sishi hamda
genyerativ organlar (qismlar) shakllanishidir. Tuplanish fazasining oxirida bo‘g‘im oraliqlari
uzayadi, tuproqning
ustki qismiga chiqib, bargining orasidan poya bo‘g‘imlari ko‘rina
boshlaydi. Bular nay o‘rash fazasi boshlanganligini ko‘rsatadi. Bu fazada ildiz, poya, barg va
gul rivojlanadi. SHu fazada nixol tashqi muxitga (issiqlik, yorug‘lik, namlik, oziq va havoga)
talabchang bo‘ladi. O‘simlikning o‘sishi gullash boshlanganda to‘xtaydi. Bu davr 20-25 kun
davom etadi.
Boshoq yoki ro‘vak chiq
arish
fazasi.
-Nay o‘rash davrida boshlanadi. Bu davrning
boshlanishida eng yuqorigi barg qinidan gul to‘plamning yarmi ko‘rina boshlaydi.
Bu jarayon
qancha tez borsa, don shuncha tez pishadi. Boshoqlanish fazasi 10-15 kun davom etadi.
Gullash fazasi.
Odatda boshoqlanishdan keyin 2-3 kun o‘tgandan keyin gullash davri
boshlanadi. G‘alla ekinlarining ko‘pchiligi boshoq yoki ro‘vak chiqargandan keyin gullaydi.
G‘alla ekinlari bo‘g‘doy, arpa, suli, tariq, sholi o‘zidan, makkajo‘xori, oq jo‘xori, javdar
chetdan changlanadi. CHetdan changlanadigan o‘simliklarda gul qobiqlari ochiq bo‘ladi, chang
shamol yordamida tarqaladi. Boshoqli don ekinlarida gullash (bug‘doy, arpa, javdar) boshoqni
o‘rta qismidan boshlanadi. Ro‘vakli don ekinlarida (suli, sholi, tariq, jo‘xori) gullash ro‘vakning
ichki qismida boshlanadi, shu bois bu qismdagi don yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Gullash davri
10-15 kun davom etadi.
Etilish fazasi.
30-40 kun davom etadi.Bu faza 3 ga bo‘linadi.
a)
sut pishish
-donning tarkibida sutsimon suyuqlik xosil bo‘ladi va suv miqdori 50-51% ni
tashkil qiladi. Poyalari yashil rangini saqlaydi, faqat pastki barglari quriydi. Bu davr 10-15 kun
davom etadi
b)
dumbil pishish
-bunda doni biroz sarg‘ayib, yumshoq bo‘ladi, tirnoq bilan ezganda quyuq
momga o‘xshash modda chiqadi. Donidagi suvning miqdori 22-30% gacha kamayadi.
O‘simlikning poyasi va barglari sarg‘ayadi. Bu davr 10-12 kun davom etadi.
v)
to‘liq pishish
-bunda doni ancha qotadi, quriydi va suvning miqdori 14-19 % ga tushib
qoladi. O‘simlik poyasi sarg‘ayadi va barglari quriydi. Bu davr 8-10 kun davom etadi. Don
unuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganda to‘la pishgan deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: