59
Yog‘lar.
Donli ekinlar urug‘ining tarkibida 2-6% yog‘ bo‘ladi. U urug‘
tarkibida bir
tekis joylashmagan bo‘ladi. Urug‘ning murtak xujayralarida ko‘p miqdorda moy (bug‘doyda
14%, javdar va arpada 12,4%, sulida 26% gacha, tariqda 20% gacha, makkajo‘xorida 40%
gacha) bo‘ladi. Makkajo‘xori, suli va tariq doni yog‘ga eng boydir. Un va krupada yog‘ ko‘p
bo‘lsa, ular taxir bo‘ladi. SHuning uchun makkajo‘xorini tortishdan oldin doni tarkibidagi
murtak ajratib olinadi va ulardan oziq-ovqatga ishlatiladigan moy olinadi.
Kletchatka
(sellyuloza) xujayra devorlari va don qobig‘ining asosini tashkil etadi.
SHuning uchun po‘stli donda kletchatka ko‘p bo‘ladi.
Kulelementlari
asosan donning po‘sti va meva qobig‘ida ko‘proq bo‘ladi. G‘alla
ekinlari kulida 50% ga yaqin fosfor va 30% kaliy bo‘ladi,
qolgan qismi Mg, Sa,natriy,
oltingugurt, temir tuzlari va boshqalarga to‘g‘ri keladi. Don tarkibida kletchatka va kul qancha
kam bo‘lsa, u shuncha yuqori baxolanadi.
Vitaminlar
odam va xayvonlar organizmining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam byeradi.
G‘alla ekinlari doni tarkibida A, V, V
2
, V
3
, S, D, E vitaminlar bor. Oziq-ovqat tarkibida ana shu
vitaminlar bo‘lmasa yoki etishmasa organizmda moddalar almashinuvi buziladi va pavitaminoz
kasalligi kelib chiqadi.
Fyermentlar
zapas oziq moddalar murtak yaxshi o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishida katta
rol o‘ynaydi. Uglevodlarni (kraxmal, shakarni) parchalaydigan diastaza, yog‘larni
parchalaydigan lipaza, oqsilni o‘zlashtiradigan
proteaza, oksidlovchi fyermentlar oksidaza,
pyeroksidazalar asosiy fyermentlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: