64
Dukkakli don ekinlarining ildiz sistemasi yerga 2 metr gacha chuqur kiradigan asosiy o‘q
ildizdan va tarmoqlangan yon ildizchalardan iborat. Dukkaklilar ildizida seziladigan shish, ya’ni
tuganaklar bo‘lib, ularda havo azotini o‘zlashtiruvchi baktyeriyalar joylashadi.
Dukkakli don ekinlari poyasining mexanikaviy mustaxkamligi turlicha bo‘ladi. No‘xat,
dukkaklar, lyupinda, loviya va soyaning buta shaklidagi formalarining poyasi vyertikal xolatda
bo‘ladi. Ko‘k no‘xat, vika, burchoq, yasmiq va loviyaning poyasi
etilish vaqtiga kelib yotib
qoladi. Bunday xol sodir bo‘lmasligi uchun dukkakli don ekinlari ko‘pincha poyasi pishiq
boshqa ekinlar bilan qo‘shib ekiladi, shunda ular gajaklari bilan o‘sha ekinlarga chirmashib
o‘sadi.
Dukkakli don ekinlarining gullari kapalaksimon bo‘lib xar xil (oq, pushti, qizil, binafsha)
rangdagi 5 ta gultoji bargidan iborat. Ustki gultoji bargi yirik bo‘lib elkan, pastki 2 tasi
birlashgan-qayiqcha, yonidagi 2 tasi qanotga o‘xshash yoki eshkak deb ataladi. Xar qaysi gulda
10 tadan changchisi va 1 ta urug‘chi bo‘ladi. To‘pguli shingil yoki boshchaga o‘rnashgan.
Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat xollarda barg qo‘ltiqlarida, 1-2
tadan joylashadi, ayrim
turlarida shingil shaklidagi gul to‘plam xosil bo‘ladi.
Mevasi xar xil kattalikda,
shakli ham xar xil dukkak, xar bir dukkakda 1 ta yoki bir
nechta urug‘ bo‘ladi. Urug‘larining shakli, rangi, kattaligi ham xar xil, 1000 ta urug‘ining
og‘irligi 40 g-1,500 g keladi. Urug‘i ikki palladan iborat bo‘lib, ustki qismi po‘st bilan o‘ralgan.
Biologik xususiyatlari.
Dukkakli don ekinlari vegetatsiya davrining uzoqligiga qarab 2
guruxga, vegetatsiya davri qisqa va uzoq bo‘lgan o‘simliklarga bo‘linadi.
Birinchi guruxga-ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq:
Ikkinchi guruxga-xashaki dukkaklar, no‘xat, loviya, soya kiradi.
Xar qaysi ekinning yertapishar va kechpishar navlari ham bo‘ladi.
Dukkakli don
o‘simliklarining o‘sishning turli davrlarida tempyeraturaga talabi turlicha bo‘ladi. Ko‘k no‘xat,
yasmiq va burchoq sovuqqa ancha chidaydi. Ularning maysasi 4-5
0
Sdayoq paydo bo‘ladi. Bular
yerta ekiladigan ekinlardir. Lyupin, xashaki dukkak va no‘xatga ancha ko‘proq issiq zarur
(bular o‘rta muddatda ekiladigan ekinlardir). Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simliklar
bo‘lib, ularning maysalanishi uchun tempyeratura 10-13
0
S bo‘lishi kyerak. Bular kech
ekiladigan ekinlardir.
Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab qiladi.
Masalan: urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 110-140%
nam talab qiladi,
transpiratsiya koeffitsenti 400-800 gacha o‘zgarib turadi. Soya, xashaki dukkaklar va lyupin
namga juda talabchan bo‘ladi. SHuning uchun ular nam etarli bo‘lgan rayonlarda ekiladi.
No‘xat va burchoq qurg‘oqchilikka chidamli ekinlar guruxiga kiradi. YAsmiq, ko‘k no‘xat va
loviyaning ba’zi navlari ham qurg‘oqchilikka chidaydi.
YOrug‘likka talabiga ko‘ra dukkakli don ekinlari 3 guruxga bo‘linadi:
1. Uzun kun o‘simliklari-ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, lyupin va xashaki dukkaklar.
YOrug‘ kun uzayishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi.
2. Qisqa kun o‘simliklari-soya va loviya (moshning ba’zi turlari). YOrug‘ kun qisqarishi
bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi.
3. Neytral o‘simliklar-loviya va no‘xatning ko‘p navlari.
YUqorida aytilgan ta’rifga ko‘ra shimolga tomon dukkakli don ekinlaridan no‘xat va
vika birmuncha janubga tamon yasmiq ekish mumkin.
Tarkibida etarli miqdorda R, K va Sa bo‘lgan kuchsiz kislotali
yoki neytral soz va
qumloq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi. Juda syernam, sizot
suvlari yuza joylashgan va engil qumoq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun yaroqsiz
bo‘ladi. Lyupin bundan mustasno, u kislotali va qumli tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi,
lekin
tuproqda oxak ko‘p bo‘lishi unga salbiy ta’sir etadi. Qumli tuproqli yerlarda em-xashak uchun
ko‘k no‘xat ekish ham mumkin. Asosiy o‘g‘it sifatida dukkakli don ekinlariga fosfor va kaliy
solinadi. Ular o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga azot to‘plovchi baktyeriyalar
faoliyatini kuchaytiradi.
65
Azotli o‘g‘itlarni dukkakli don ekinlariga solish mumkin emas, chunki ularning o‘zi havo
azotini o‘zlashtiradi, solingan azotli o‘g‘itlar azot fiksatsiyasini bo‘shashtiradi deb hisoblanar
edi. Lekin keyingi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar dukkakli don ekinlari azot fiksatsiyalash
xususiyatiga
qaramasdan, ildizida tuganaklar xosil bo‘lguncha dastlabki o‘sish davrida
kichikroq dozada azotga (gektariga 30 kg) talabchan bo‘ladi deb hisoblaydilar. Lekin bu masala
dukkakli don ekinlarini etishtirish sharoiti va tuproqning unumdorligini hisobga olgan xolda
ko‘rib chiqiladi.
Soya
Dostları ilə paylaş: