62
baxorgi bug‘doyni ekish maydoni ancha ko‘payadi. O‘zbekistonda ekiladigan baxorgi bug‘doy
navlari yumshoq bug‘doy turiga kirib tez pishar, qurg‘oqchilikka chidamli va donini sifati
yaxshi bo‘ladi.
Baxorgi bug‘doyning ildiz tizimi kuzgi bug‘doynikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan
bo‘ladi. SHuning uchun u unumdor yerlarni talab qiladi. Baxorgi bug‘doy urug‘i 1-2
0
S da juda
sekin una boshlaydi, 12-14
0
S da unishi tezlashadi. Maysalari -8-9
0
S gacha sovuqga chidaydi. U
pishib etilishi uchun o‘rtacha tempyeratura talab qiladi. Ob-havo sharoiti qulay bo‘lsa
baxorgi
bo‘g‘doy urug‘i 5 ta murtak ildiz otib tez unib chiqadi. Rivojlanishining birinchi davrida yer
ustki massasi va ildiz sekin o‘sadi. Tuplanish va nay o‘rash fazasida uning ildiz tizimi jadal
rivojlanadi. Maysalagandan 12-14 kundan keyin tuplana boshlaydi. Nay o‘rab bo‘lgandan keyin
o‘simliklar jadal o‘sadi, xosil organlari va ko‘p barg chiqaradi. Bu davrda suvga va
oziqlanishga juda talabchan bo‘ladi. Baxorgi bug‘doyning normal rivojlanishi uchun tuproqning
to‘la nam sig‘imi 70-75% bo‘lishi kyerak. Transpiratsiya koeffitsenti 400-470 ga teng.
Baxorgi bug‘doy tuproqqa juda talabchan bo‘ladi. U qoratuproq, kashtan va bo‘z
tuproqlarda, tuproq reaksiyasi rN 6-7,5 bo‘lgan sharoitda yaxshi o‘sadi. Baxorgi bug‘doy kuzgi
bo‘g‘doyga nisbatan 10-15 kun kech pishadi. U boshlang‘ich o‘suv davrida sekin o‘sadi,
shuning uchun begona o‘tlar kam bo‘lgan maydonlarga ekiladi.
Unumdor yerlar baxorgi bug‘doy uchun, so‘ngra arpaga ajratiladi. Baxorgi bug‘doy kam
tuplanishi, ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etmaganligi uchun begona o‘tlarga tez byeriladi.
SHuning uchun baxorgi bug‘doy tuproq
unumdorligini oshiradigan, qator oralari ishlanadigan
ekinlardan so‘ng va begona o‘tlardan tozalangan yerlarga ekiladi.
Baxorgi bug‘doy o‘g‘itlashga juda ta’sirchan ekin. O‘g‘itlar kuzgi shudgorlash oldidan,
ekishgacha va vegetatsiya davrida byeriladi. Sug‘oriladigan yerlarda go‘ng gektariga 10 t, azot
120 kg, fosfor 70 kg, kaliy 40 kg solinadi. La’lmi yerlarda yuqorida ko‘rsatilganlarga nisbatan
20-30% kamroq byeriladi, chunki la’lmi yerlarda nam kam bo‘lganligi uchun o‘g‘itning
samarasi ancha pasayadi.
Baxorgi bug‘doy agrotexnikasi
O‘zbekistonda bug‘doy qora shudgor, bandli shudgor,
qator orasiga ishlov byeradigan ekinlar, don -dukkakli va em-xashak ekinlardan bo‘shagan
yerlarga ekiladi. Yerga ishlov byerish o‘tmishdosh ekinga bog‘liq. Kuzgi bo‘g‘doyni
ekish
muddatiga 7-10 kun qolganda yer tayyor bo‘lishi kyerak. O‘tmishdosh ekin turiga va
tuproqning mexanik tarkibiga qarab yer shudgorlanadi, diskalanadi,
borona qilinadi va mola
bostiriladi. Baxorgi bug‘doy uchun borona va mola yurgizish baxorda bajariladi.
Ekiladigan urug‘ davlat andozalariga javob byerishi kyerak. Sug‘oriladigan yerlarda
o‘rtacha 1 ga yerga 4-5 mln. dona (120-150 kg) urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-6 sm. Urug‘
ekish usuli -yoppasiga qatorlab va tor qatorlab ekiladi. Kuzgi bug‘doy viloyatlar tuproq-iqlim
sharoitiga qarab sentyardan boshlab noyabrgacha ekiladi. Baxorgi bug‘doy fevralning oxiri va
mart oylarida ekiladi. Ekiladigan bug‘doy navlari Oltin bug‘doy, Baxt, Aleksandrovka, Makuz.
Kuzda bug‘doy kuzgi o‘suv davrida 1-2, baxorgi o‘suv davrida esa 2-4 marotaba
sug‘oriladi. Baxorgi bug‘doy namni rivojlanish fazalariga qarab turlicha talab qiladi.
Lozim
bo‘lgan suvning 50-60% naychalash va boshoq tortish davrida, sut pishish davrida 20-30%
namni o‘zlashtiradi. Xosil kambayinlar yordamida yig‘ib tyerib olinadi. Don maxsus
mashinalarda tozalanadi va 14% namlikda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: