Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

 

 
 
 


4
1- MA’RUZA:
 KIRISH. TUPROQSHUNOSLIK FANINING MAQSADI, 
VAZIFALARI VA QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI 
 
Reja

1.
 
 Tuproq haqida tushuncha 
2.
 
 Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari va qisqacha rivojlanish tarixi 
3.
 
Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari, ahamiyati 
4.
 
 Tuproqshunoslik fanini boshqa ijtimoiy tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi va uning xalq 
xo‘jaligidagi ahamiyati 
Tuproqshunoslik fani biologik tabiiy fanlar va qishloq xo‘jalik fanlari jumlasiga kiradi. Bu 
fan tuproqlarning kelib chiqishi genezisi, tuzilishi, rivojlanishi, tarkibi, xossalari va geografik 
tarqalishi, xususan tuproqlarning eng muhim xossasi hisoblangan unumdorligiga doir 
masalalarni o‘rganadi. Tuproqning unumdorligini oshirish va qo‘llaniladigan agrokompleks 
tadbirlarni qo‘llashni o‘rganadi. 
Ma’lumki, tuproq qishloq ishlab chiqarishining birdan bir vositasi va mamlaktning bitmas 
tuganmas tabiiy boyligi hisoblanadi, shu bilan birgalikda kishilik jamiyati uchun zaruriy oziq 
mahsulotlarni va turli xom ashyolar etishtirib byeruvchi asosiy hamda yagona bir manbai 
hisoblanadi. 
SHuning uchun ham I.Karimov “Yer o‘lkamizning eng asosiy boyligi. U ediradi, ichiradi, 
yashash uchun asosiy shart sharoitlarni yaratib byeradi, shu sababli, respublikamizning kelajagi 
ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday tashkil etilishiga bog‘liqdir” 
deyishi beziz emas. Tuproq bu boshqa tabiiy boyliklar bilan almashtirib bo‘lmaydigan noyob 
tabiiy resursdir. Ota bobolarimiz qadimdan hozirgacha fan texnika yerishganulkan 
muafaqqiyatlariga qaramay, o‘zining yashashi uchun zarur bo‘lgan qariyib hamma narsani 
tuproqdan olishganlar. Hozirgi kungacha tabiiy tuproq o‘rnini bosadigan sof sun’iy tuproq 
yaratish mumkinligini isbotlagan emas. SHunday ekan mamlakatimizning xar bir siqim 
tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrab kelgusi avlodlarga topshirish xar birimizning muqaddas 
burchlarimizdan biriga aylanishi lozim. 
Tuproq 
ma’lum sharoitdagi turli tabiiy faktorlar va tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri 
natijasida yer yuzida turlicha tog‘ jinslaridan hosil bo‘ladi. Tog‘ jinslarini har xil tabiiy 
omillar ta’siri ostida chuqur o‘zgarishlarga uchragan tog‘ jinsidan unumdorligi bilan farq 
qiladigan tabiiy tarixiy tanaga tuproq deb tushunamiz. Tuproq qoplami ikki uslubda, tarixiy
geomorfologik hamda geokimyoviy usullar yordamida o‘rganiladi. Dala va laboratoriya 
sharoitida, tuproq genetik qatlami, morfologik, kartografik, statsionar, ekspyerimental, 
vegetatsiya, modellar usuli yordamida aniqlanadi.
Demak, tuproq ko‘p komponentli, murakkab ko‘p funksiyali, ko‘p fazali ochiq sistema 
bo‘lib, tirik organizmlar va jonsiz tog‘ jinslari, minyerallarning o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lib, 
mustaqil tabiiy tanani tashkil etadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin