Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


D.I. Mendeleev (1834-1907)



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

D.I. Mendeleev (1834-1907)
Tuproqshunoslik sohasida V.V.Dokuchaev fikrlarini 
qo‘llab quvvatladi. U tuproqlar unumdorligini oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar 
bildirdi. D.I. Mendeleev o‘z laborotoriyasida tuproqlarni xossalarini o‘rganish borasida ilmiy 
tajribalar olib bordi va nordon tuproqlarni xossalarini yaxshilash maqsadida ohaklash, 
kukunlashtirilgan fosforitlardan foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishda minyeral va 
organik o‘g‘itlardan birgalikda foydalanish samaradorligi to‘g‘risidagi bir qancha ilmiy 
asarlarni yaratdi va tavsiyalarni ishlab chiqdi.
Kostichev Pavel Andreevich (1845-1895)
Tuproq hosil bo‘lishining biologik asoslari va 
tuproq unumdorligini oshirish usullarini, tuproq tarkibidagi organik moddalarning parchalanish 
jarayonlarini o‘rgangan.
P.A.Kostichev tuproq ishlab chiqarishning asosiy omili deb qarab, tuproq bilan o‘simlik 
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlagan va tuproqshunoslikka agronomik nuqtai nazardan 
yondoshgan tuproqshunos olim hisoblanadi. U tuproq unumdorligini oshirishda tuproq 
strukturalarini yaxshilashda, mustaxkamlashda almashlab ekish tadbirlarini qo‘llashni tavsiya 
etadi. P.A.Kostichev o‘zining ilmiy faoliyatini tuproq hosil qiluvchi biologik omillarni 
o‘rganishga va tuproq unumdorligini oshirish tadbirlariga bag‘ishladi. P.A.Kostichevning 
(1884) «Tuproqni o‘g‘itlash to‘g‘risida ta’limot», (1885) «Tuproqqa mexanikaviy ishlov 
byerish to‘g‘risida ta’limot» deb nomlangan ilmiy-ommabop agronomik asarlari hozirgi 
kungacha ham o‘z mohiyatini saqlab qolgan. 
Vyernadskiy Vladimir Ivanov (1863-1945)
Minyeralogiya, kristallo-grafiya, geokimyo 
va biogeokimyo sohalari bo‘yicha eng yirik tuproqshunos olim, V.V. Dokuchaevni shogirdi
hisoblanadi. V.I. Vyernadskiyning ilmiy asarlari turli kimyoviy elementlarning tarqalishi, 
geokimyoviy jarayonlarnio‘rganish, tog‘ jinslarining yoshini aniqlash va alyumosilikatlarning 
tuzilishiga bag‘ishlangan. Olimning asosiy xizmatlaridan biri minyerallar guruhi-silikat va 
alyumosilikatlar tarkibini o‘rganishdan iborat. V.I. Vyernadskiy biosfyerada kimyoviy 
elementlarning to‘planishi, almashinishi, tarqalishi va migratsiyasida organizmlarning rolini 
nihoyatda katta ekanligini birinchi bo‘lib ko‘rsatib byergan.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin