tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]
Magmatik yoki otqindi tog‘ jinslari- tekisliklarda kam tarqalgan bo‘lib, asosan tog‘li
xududlarda CHotqol, Qurama, Hisor, Zarafshon, Turkiston va Nurota tog‘larida keng tarqalgan
bo‘ladi.
Magmatik tog‘ jinslari yer qobig‘ining ichki qismidagi olov kabi qizib turadigan, yuqori
haroratga ega suyuq magmaning (
magma -grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, hamir degan lug‘aviy
ma’noga ega) sovishi natijasida paydo bo‘lgan. Magma yer qobig‘ining 40-120 km.
chuqurligida joylashgan bo‘lib, asosan SiO
2
, Al
2
O
3
, MgO, Na
2
O, K
2
O, FeO, CaO lardan iborat.
Bu oksidlar murakkab kimyoviy birikma holida emas; chunki yuqori darajali (1100
o
) harorat
murakkab kimyoviy birikma paydo bo‘lishiga imkon byermaydi. Vaqt o‘tishi bilan magma
sekin asta qota boshlagandagina murakkab kimyoviy birikish jarayoni boshlanadi. Natijada bir
necha minyeral to‘plami (agregati) dan iborat bo‘lgan tog‘ jinsi paydo bo‘ladi.
Magma yer betiga suyuq (lava) holida otilib chiqib, tezroq sovisa, effuziv tog‘ jinslari
yoki vulqon tog‘ jinslari paydo bo‘ladi.Ma’lum geologik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan
jarayonlar natijasida magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslari litosfyeraning pastki qavatiga tushib
qoladi. Kuchli bosim va yuqori issiqlik ta’sirida o‘zgargan tog‘ jinslariga
metamorfik tog‘ jinslar deyiladi. Bu jinslar o‘zining strukturasi, qovushg‘og‘ligi va minyeralogik tarkibiga
ko‘ra boshqa tog‘ jinslarilan farq qiladi.
CHo‘kindi tog‘ jinslari - s uv, shamol ta’sirida to‘plangan yoki o‘simlik va hayvon
qoldiqlari yig‘indisidan iborat jinslar cho‘kindi tog‘ jinslari deyiladi. Bu tog‘ jinslari boshqa
tog‘ jinslardan o‘zining kovaklik, g‘ovaklik va qatlamlilik singari xuxusiyatlari bilan
farqlanadi.CHo‘kindi tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra uch sinfga –mexanik, kimyoviy va
organik jinslarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindi jinslar magmatik yoki metamorfik tog‘ jinslari parchalari
yig‘indisidan iborat. Bu jinslar zarralarining kattaligiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi: loyqalar
guruhiga 0,01 mm dan kichik jinslar kiradi.
Kimyoviy cho‘kindi tog‘ jinslari kontinental iqlim sharoitida, shuningdek, ko‘l va dengiz
suvida yerigan turli tarkibdagi kimyoviy birikmalarning oksid yoki tuz holida cho‘kishi
natijasida hosil bo‘ladi.
Organik cho‘kindi tog‘ jinslar o‘simlik va hayvon qoldiqlaridan paydo bo‘lgan tog‘
jinslariga organik cho‘kindi jinslar yoki biolitlar deyiladi.
Torf, toshko‘mir hamda myergel va yonuvchi slanetslar organik cho‘kindilar hisoblanadi.
Neft ham suyuq holdagi organik cho‘kindi hisoblanadi. U ma’lum sharoitda qolganda, undan
15
ozokyerit (tog‘ mumi) va asfalt kabi tog‘ jinslari hosil bo‘ladi. Organik cho‘kindi tog‘ jinslari
hamma turlarining ayniqsa toshko‘mir va neftning xalq ho‘jaligida ahamiyati katta.