Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar Ona jinslar tuproqning minyeral asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik,
minyeralogik va kimyoviy tarkibi, fizik, kimyoviy fizik xossalari unda shakllanayotgan
tuproqga bevosita ta’sir qiladi.
Tuproq ona jinsining kelib chiqish tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan keskin farq qiladi.
SHuning uchun tuproq bir xil unumdorlikka ega bo‘lmaydi.
Yer yuzasida asosan tekisliklarda tarqalgan va tuproq paydo qila oladigan g‘ovak holdagi
tog‘ jinslariga tuproq ona jinslari deyiladi.
Tuproqning paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining nurashi va mahsulotlarining olib ketilishi va
qayta yotqizilishi bilan bog‘liq.
Yer yuzasida tog‘ jinslarining emirilishi, parchalanishi, o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alishi, surilish
jarayonlari ko‘p bo‘ladi. Yer yuzasidagi og‘irlik kuchi asosan yerning ichki qismidagi
zichlikning kattaligiga, massaning og‘irligiga va yer yuzasining qanday shakga ega ekanligiga
bog‘liq.
Litosfyera tarkibidagi har qanday tog‘ jinsi ham ona jins bo‘la olmaydi, qachonki nurash
jarayonida hosil bo‘lgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslari – ruxlyaklargina ona jins bo‘lish
xususiyatiga ega.
Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi
gruppalarga: elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvilial, dengiz, ko‘l, muz, eol va lyoss
yotqiziqlariga bo‘linadi.
Elyuviy yotqiziqlar - nurash mahsulotlarining nurash qobig‘ida o‘z o‘rnida to‘planishidan
hosil bo‘lgan yotqiziqlar hisoblanadi. Asosan bu yotqiziqlar tog‘ o‘lkalarida baland katta
tekisliklarda turli qalinliklarda uchraydi. Kimyoviy va minyeralogik tarkibi deyarlik
o‘zgarmaydi.
Delyuvi y
yotqiziqlar - nurash mahsulotining yomg‘ir va yerigan qor suvlari harakati
ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlarida to‘planishidan hosil bo‘ladi. Delyuviy jinslar ancha
saralanganligi va yassi qatlamli bo‘lib odatda yon bag‘irlarga parallel yo‘nalishda joylagan
bo‘ladi. Mexanik tarkibi har xil bo‘ladi. Qum, qumoq, qumloq va soz tarkibli bo‘ladi.