Prolyuvial yotkiziqlar – tog‘ etaklari va adirlarda sel suvlari to‘plangan turli o‘lchamli
tosh, shag‘al, qum kabi har xil mexanik tarkib aralashmasidan tashkil topgan. Bu yotqiziq
asosan sel suvlari ta’sirida bo‘lsa buni sel yotqiziqlari ham deyiladi. Masalan: Farg‘onadagi
toshloqlar prolyuvial yotqiziqlardir. Ko‘pincha bu ona jinslar taqir tuproqlarning ona jinsi
hisoblanadi.
Allyuvial yotqiziqlar – oqar daryo suvlari oqizib keltirilgan va saralangan turli
qalinlikdagi qatlamli yotqiziqlardan iborat bo‘lib, daryo vodiylarida keng tarqalgan. Bu
yotqiziqlar toshqinlar vaqtida hosil bo‘lgan har hil qalinlikdagi gorizontal o‘ziga xos
gidrogeologik sharoitga va kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan daryo sohili, vodiylar va deltalarda
tarqalgan unumdor tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. (Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Zarafshon, CHirchiq, Ohangaron)
Dengiz yotqiziqlari - dengiz tagida va qirg‘oqlarida uchraydigan
turli
o‘lchamdagi
mexanik tarkib to‘plam qoldiqlaridan iborat. Dengiz qirg‘oqlarida asosan mayda shag‘al, yirik
qum va qum kabi yirik mexanikaviy elementlar yig‘ilgan bo‘lib, qirg‘oqdan uzoqlashgan
sayin fizikaviy loy va loyqalarga o‘xshash mayda zarrachalar to‘planadi. Bu yotqiziqlar
tarkibida ko‘p miqdorda kimyoviy birikmalar, jumladan xlorid va sulfatlardan iborat suvda tez
yeruvchan tuzlar ko‘p, ular ma’lum darajada sho‘rlangandir. Bu yotqiziqlar odatda qatlamli
bo‘lishi, yaxshi sajaralanganligiva o‘zida tuzlarni ko‘p saqlashi bilan boshqa yotqiziqlardan
ajralib turadi. Dengiz yotqiziqlarinig yer yuzasiga chiqib qolishi natijasida sho‘rlangan
tuproqlar vujudga keladi.
Orol va Kaspiy dengizi qirg‘oqlariga yaqin bo‘lgan past tekisliklargacha tarqalgan u
yotqiziqlarda sho‘rlangan tuproqlar paydo bo‘ladi.
Ko‘l yotqiziqlari - qadimiy va hozirgi zamon ko‘l havzalarida tarqalgan bo‘lib ma’lum
qalinlikdagi qatlamlar holida to‘plangan og‘ir mexanik tarkibli jinslardir. Ko‘l yotkiziqlarida
ko‘pincha organik modda saqlovchi qatlamchalar bo‘lishi va kalsiy karbonatning to‘planishi
mumkin Bu yotqiziqlar qadimgi pastqam relefli joylarni to‘ldirib, tarkibining gilli va qatlamli
bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Bu yotqiziqlarning takibi xossa va xususiyatlari zonaning tabiiy va geografik sharoitlari
bilan bog‘liq bo‘ladi.