Tuproq gorizontlari . Tuproq hosil bo‘lishida vujudga kelgan bir xil, odatda yer
yuzasiga parallel rivojlangan tuproq profilini tashkil qiluvchi va bir-biri bilan morfologik
belgilari bilan ajralib turadigan tuproq qatlamlariga
tuproq gorizontlari deyiladi. Bu
tuproqning paydo bo‘lish jarayonida vujudga keladi. XIX asr boshlarida Rossiyada
Dokuchaevni nomenklaturasi bo‘yicha asosan 3 ta:
A – chirindili; V - o‘tuvchi; S - ona jins gorizontlariga ajratiladi. Keyinchalik Glinka, Zaxarov boshqacha xarflar bilan genetik qatlamlarni belgiladi. A –
chirindili akkumulyativ qatlam,
V - o‘tuvchi qatlam;
G- gleyli;
C- illyuvial;
D- ona jins.
D.G. Vilenskiy (1927 yil) genetik qatlamlarni boshqacha nomlashni taklif qildi:
A- akkumulyativ;
E- elyuvial;
I- illyuvial;
G- gleyli;
M- ona jins.
Bundan tashqari tuproq gorizontlariga taaluqli bo‘lgan belgilarni kiritdi. Masalan, A
ch
-
chimli, A
cho
-chim osti qatlam, I
c
-illyuvial qatlamni korbonatliligini va hakozolarni ko‘rsatadi.
Keyinchalik A.N. Sokolovskiyni «Tuproqshunoslik» kitobida genetik qatlamlarni yangi
simvollar bilan belgilashni kiritadi:
H- gumus to‘plovchi;
E- elyuvial;
I- illyuvial;
K- korbonatli;
G- gipsli;
S- tuzli;
Gl- gleyli;
T- torfli;
P- ona jins
. A 0 - o‘rmon qiyi ( lesnaya podstilka );
A x - haydalma qatlam;
A xo - haydalma osti
qatlam;