Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


II tip : 12-13-ustunsimon; 14-yirik prizmasimon; 15-prizmasimon; 16- mayda prizmasimon; 17- juda mayda prizmasimon.  III tip



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

II tip
: 12-13-ustunsimon; 14-yirik prizmasimon; 15-prizmasimon; 16- mayda prizmasimon; 17-
juda mayda prizmasimon. 
III tip
: 18-slanetssimon; 19-plastinkasimon; 20-bargsimon; 21-dag‘al tangasimon; 22-mayda 
tangasimon. 
Har qanday qatlamda struktura bo‘lakchalari bir xil shakl va o‘lchamda bo‘lmaydi. 
Ko‘pincha ular aralashma strukturaga ega bo‘ladi. Ularni qayd qilish vaqtida oxirgi o‘ringa shu 
qatlamda ko‘p uchraydigan struktura nomi yoziladi. Masalan, qatlam yong‘oqsimon, mayda 
uvoqli va donador struktura bo‘lakchalaridan tashkil topib, ular orasida donador zarrachalar 
birinchi o‘rinda, mayda uvoqlilar keyingi o‘rinda bo‘lsa bu qatlam yong‘oqsimon mayda 
uvoqli-donador strukturaga ega deb ataladi.
Ayrim qatlamlar, odatda o‘ziga xos strukturaga ega bo‘ladilar. gumusli qatlam 
yong‘oqsimon uvoqli, donador strukturaga ega bo‘lsa, V qatlam prizmasimon strukturali 
bo‘lishi mumkin. 
Tuproq strukturalarini o‘rganishda rus olimlaridan V.V.Dokuchaev, P.A.Kosovich, 
V.R.Vilyams, K.K.Gedroys, N.A.Kachinskiylar O‘zbekistonlik olimlardan V.B Gusakk, 
Q.Mirzajonov, X.X.Maxsudov K.P.Paganyas va boshqalarning xizmatlari cheksizdir. 
Strukturalarni yaxshilash uchun polmyerlar, K-9,K-4:ASAK-Na ASAK- K: FAAN - Na
FAAN -K lar bor. Tuproqning yuza qismiga sepilib tuproq sturkturalarni mustaxkamlaydi 
suvga chidamliligini oshiradi. Tuproq strukturasining buzilishiga ta’sir etishi mumkin mexanik 
kuchlar, noto‘g‘ri agrotexnik tadbirlar amalga oshirilganda, almashlab ekish sistemasini to‘g‘ri 
joriy etmaslik va xokozolar. 
Tuproq strukturasining eng muxum xususiyati mayda kesakchali va donodor 
bo‘lishligidir. CHirindigi boy bo‘lgan tuproqlarning strukturasi yaxshi, donador, marjonsimon 
bo‘ladi.Tuproq strukturasi unumdorlikning belgilovchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Tuproqlar zichligi boshqacha nom bilan “qovushma “ deyiladi. (joylanishi) 
Tuproq qatlamining zichligi yoki agregatlarning o‘zaro joylanishi muhim morfologik 
belgilardan biri hisoblanadi. Har qanday tuproq tipi o‘ziga xos zichlikka, g‘ovaklikka ega 
bo‘ladi. 
Tuproqlar zichligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.
O‘ta zich tuproqlar - belkurak va pichoq bunday tuproqlarga o‘tmaydi. 
2.
Zich tuproqlar. Bunday tuproqlarning agragetlari juda mustahkam birlashgan bo‘lib, 
ularga belkurak zo‘rg‘a o‘tadi. 
3.
g‘ovak tuproqlar. Bunday tuproqlarning zarralari va agregatlari o‘zaro yaxshi 
birlashmagan bo‘ladi va ularni osonlik bilan belkurak kesadi. Bu tuproqlar belkurak 
bilan ag‘darilganda aniq struktura bo‘lakchalarga ajralib ketadi.
4.
Sochiluvchi tuproqlar–bularning tarkibida sochiluvchan qumlar bo‘ladi. Nam holida 
zichligi kamayadi va namlik haddan tashqari oshib ketsa, u oquvchan bo‘ladi. 
Tuproqda nam juda kam yoki aksincha haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, ularni ajratib olish 
qiyinlashadi. Tuproqlarni agronomik jihatdan baholashda zichlik muhim ko‘rsatkich 
hisoblanadi. 
Juda zich qovushmali qatlamni qazishda ketmon yoki bel bilan birga lom ham ishlatiladi. 
Bu xildagi qovushma oz chirindili, strukturasiz va og‘ir mexanik tarkibga ega soz 
tuproqlarning ayrim qatlamlarida uchraydi. 


25
Zich qovushmali qatlamlarni qazish ham syermehnat ish. Bu xildagi qovushma mayda 
zarrachalari ko‘p bo‘lgan qatlamga xosdir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin