makroagregatlar D - 0,25 dan kichik zarrachalar
mikroagregatlar .
Tuproq mexanik tarkibini aniqlashni bir necha uslublari mavjud : elakchalardan o‘tkazish,
elash-tosh va qumlarning guruhlarga ajratishda, dala sharoitida xo‘l va quruq aniqlash, shamol
yuborish uslubi bunda tuproqning yirik zarrachalari to‘g‘risida nisbiy ma’lumotga ega
bo‘lamiz. Oqar suvda bo‘tanalashda turli o‘lchamdagi mexanik zarrachalarning suvda
xarakatlanishi va ularning cho‘kish tezligiga asoslanadi. Tinch suvda bo‘tanalash ya’ni
tayyorlangan bo‘tanadan pipetka orqali o‘rtacha namuna olish orqali turli mexanik
zarrachalarning mexanik miqdori topiladi.
Tuproqning mexanik tarkibi tuproqda unumdorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan
biri bo‘lib, birinchi navbatda uning agronomik ahamiyati katta.Turli mexanik tarkibli tuproqlar
xar xil unumdorlikka ega bo‘lganligi uchun yerni ishlash, o‘simliklarni oziqlantirish bo‘yicha
turli agrotexnik tadbirlar olib boriladi.
Tuproqning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibi bilan bog‘liq bo‘lib, yerdan to‘g‘ri
foydalanilganda va turli tadbirlar qo‘llanilganda, uning xossalari yaxshilanib boradi. Masalan,
qumli tuproqlarni
gillash (yerga loyqa oqizish) mahalliy o‘g‘it qo‘llanish bilan yoki og‘ir soz
tuproqlarni esa
qumlash (yerga qum solish) kolmataj yo‘li bilan unumdorlikni yaxshilab borish
mumkin.
Mexanik tarkibga ko‘ra tuproqlarning xossalari jumladan fizik-mexanik, fizik – kimyoviy
va biokimyoviy xossalari o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida tuproq strukturasiga va unumdorlikka
ta’sir ko‘rsatadi.
Dala sharoitida ho‘l uslub yaxshi amalga oshirilsa laboratoriya sharoitida olinadigan
natijaga yaqin ma’lumot olish mumkin.
Tuproq strukturasi. Tuproqning turli xajm va turli shakldagi bo‘lakcha (agregatlar)ga
ajralishi xossasiga uning strukturasi deyiladi. Tuproqni tashkil etuvchi har bir qatlam o‘ziga
xos strukturaga ega bo‘ladi. Ular bir-biridan strukturasining suvga chidamliligi bilan
farqlanadi. Tuproq strukturasi bo‘lakchalari o‘lchamiga qarab uch guruhga bo‘linadi (o‘lcham
mm hisobida). Mikroagregatlar 0,25 mm. kichik, mezoagregatlar 0,25-7,0 (10)mm,
makroagregatlar 7 (10)mmdan katta.
Ba’zi qatlamlar umuman strukturasiz bo‘lishi ham mumkin(sochiluvchi qum, qumli cho‘l
tuproqlarida). Respublikamizda keng tarqalgan tuproqlarda suvga chidamli makro va
mezostrukturalar miqdori yuqori emas. Bo‘z tuproqlar mikrostrukturaga ega. Bo‘lakcha
(agregat) ning shakli va o‘lchamiga qarab uchta tipga ajratiladi
1) Kubsimon-struktura bo‘lakchalari o‘zaro pyerpendikulyar bo‘lgan uchala o‘q bo‘ylab bir
xilda rivojlangan.
2) Prizmasimon - bo‘lakchalar deyarli tikkasiga rivojlangan.
3) Plitasimon-bo‘lakchalar ikkala gorizontal o‘q bo‘yicha rivojlangan va tikka yo‘nalishda
qisqargan.
I tip : 1-yirik kesakchali; 2-o‘rtacha kesakchali; 3- mayda kesakchali; 4-changsimon; 5-yirik
yong‘oqchasimon; 6-yong‘oqchasimon; 7-mayda yong‘oqchasimon; 8-yirik donador;
9-donador; 10-kukunsimon; 11-tuproq “marjonlari”.