Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

1.Litomorflar
- tosh bo‘lakchalari, shag‘allar. 
2. Antropomorflar
- g‘isht bo‘lakchalari, oyna siniqlari, chinni siniqlari, kalla suyaklari 
tirik mavjudodlarniki, inson ta’sirida kelib qolgan, inson bilan bog‘liq. 
3. Kriomorflar
- turli muz formalari bu bazada uchramaydi. 
4. Biomorflar
- o‘simlik fitolitlar, hayvonlar, zolitlar, oksalalar, kristobalitlar va h.k.lar. 
 
 
 
 
 


27
4- MA’RUZA:
 
TUPROQDAGI ORGANIK MODDALAR
Reja:
1.
 
Tuproqdagi organik moddalarning manbai, miqdori va tarkibi. 
2.
 
 Organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi 
3.
 
Organik moddalar sxemasi 
4.
 
 Tuproqda gumus (spetsifik organik moddalar) ning hosil bo‘lishi va u haqidagi 
asosiy nazariyalar. 
5.
 
Tuproq gumusining tarkibi va xossalari. 
6.
 
 Turli tuproqlarda gumus miqdori, sifat tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
7.
 
Tuproq unumdorligini oshirishda gumusning roli. 
8.
 
Tuproqdagi gumus miqdorini ko‘paytirish usullari. 
9.
 
Gumusni aniqlash usullari 
Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. 
Bu organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan 
qoldiqlaridan hamda tuproqning o‘ziga xos moddasi - gumus yig‘indisidan iborat. Gumus 
murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo‘lib, odatda 
qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam 
birikkan holatdadir. 
Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va
tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi. 
Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o‘simlik 
qoldiqlari 10 foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug‘lar, suv o‘tlari, baktyeriya va 
aktinomitsetlar, yomg‘ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo‘ladi. 
Yashil o‘simliklar eng ko‘p biomassa to‘plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili 
to‘playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan o‘nlab yuzlab 
marotaba, umurtqali hayvonlarga nisbatan esa bir necha ming marotaba ko‘p. SHuning uchun 
ham tuproqdagi organik moddalarning asosiy qismi yashil o‘simliklarning yer yuzasiga 
tushadigan qoldiqlari va ildizlari hisobiga bo‘ladi (7-rasm). 
Tuproqda to‘planadigan organik qoldiqlar tarkibida 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin