3- MA’RUZA: TUPROQ MORFOLOGIYASI Reja: 1. Tuproq profilining tuzilishi. 2. Tuproq gorizontlari 3. Tuproq rangi va namligi. 4. Tuproq mexanik tarkibi 5. Tuproq stukturasi va uning turlari 6. Tuproq zichligi (qovushmasi) 7. Tuproqdagi yangi yaralmalar va ularning hosil bo‘lishi 8. Tuproq qo‘shilmalari Tuproqning morfologik belgilari Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqning ona jinsidan farq qiladigan bir
qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi va o‘zgarishlar tuproqning
profilida o‘z aksini topgan bo‘ladi. Tuproq ona jinsdan unumdorligi bilan emas, balki tashqi
tuzilishi (morfologiyasi) bilan ham farq qiladi.
Tuproq profili - tuproq genetik gorizontlarining vyertikal yo‘nalish bo‘yicha muayyan
tarzda almashib turishi natijasida yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir.Tuproq profilini tashkil
etuvchi genetik gorizontlar o‘ziga xos tashqi morfologik belgilari bilan ajralib turadi. Ana shu
belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan farqlab ajratish hamda tuproq paydo
bo‘lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Tuproqning morfologik belgilarini tabiiy sharoitda o‘rganish zarurligini va bunga xos
yondoshish uslublarini birinchi bo‘lib V.V. Dokuchaev ishlab chiqib, taklif kiritgan.
Keyinchalik S.A. Zaxarov tomonidan Dokuchaevni uslubini mukammallashtirdi. Tuproq
qatlamlarining eng muhim morfologik belgilari, tuproqning genetik gorizontlari, qatlamning
qalinligi, rangi, mexanik tarkibi, strukturasi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi
hisoblanadi. Tuproqning morfologiyasi haqidagi asosiy fikrlar V.V.Dokuchaev tomonidan
aytilgan bo‘lib, S.A.Zaxarov uni takomillashtirdi.
Tuproq profili – tuproq genetik
gorizontlarining vyertikal yo‘nalishi bo‘yicha muayyan tarzda almashib turishi natijasida
yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir.
Har qanday tuproq vyertikaliga tuproq paydo bo‘lishi jarayonida vujudga kelgan va bir
biri bilan qonuniyatli almashinadigan genetik gorizontlardan iborat. YUqorida aytilganidek shu
vyertikal gorizontlarning yig‘indisi
tuproq profili deyiladi. Har bir tuproq tipi o‘ziga xos
profilga ega bo‘lishi bilan farqlanadi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida, uning tuproqning
granulometrik, minyeralogik, kimyoviy tarkiblari, fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari
qonuniy ravishda o‘zgarib boradi.
18
3 rasm. Tuproq kesmasini tashqi ko‘rinishi va qazish usuli