13
Less va lyossimon jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora,
kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi.
O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsion yotqiziqlari alohida o‘rin
tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orib, dexqonchilik qilinadigan
sharoitda insonlar
faoliyati bilan bevosita bog‘liq.
Ba’zan bu yotqiziqlar 2-3 m gacha boradi. (Xorazm, Farg‘ona va Zarafshon).
Tuproq tarkibidagi minyerallar va kimyoviy moddalarni hosil qilishda magmatik,
metomorfik va cho‘kindi tog‘ jinslarning roli benihoya katta.
Ko‘pchilik kimyoviy elementlarni tabiatda sof holda uchratish qiyin, ba’zan uchramasligi
ham mumkin. Kimyoviy elementlar ko‘pincha har hil birikmalar holida bo‘ladi. Bu hildagi
moddalar va grafit singari sof elementlar minyeral jins deyiladi. Yerning qattiq qobig‘i
(litosfyera) har xil minyeral jinslardan iborat.
Minyeral jinslar kalsit va kvars singari qattiq, neft va suv singari suyuq hamda korbanat
angidrid singari gaz holda bo‘ladi. Ular turli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi.
Ularning
geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lsa anorganik, biokimyoviy
jarayonlar natijasida
paydo bo‘lsa organik minyeral jismlar yoki biolitlar deyiladi. Litosfyera tarkibida anorganik
minyeral jismlar miqdori organik minyeral jismlarga nisbatan ko‘p.
Litosfyeraning tarkibida uchraydigan, ma’lum fizik xossalarga va kimyoviy tarkibga ega
bo‘lgan tabiiy jismlarga m i n e r a l l a r deb ataladi. Ular kimyoviy tarkibi va fizik xossalari
jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, ortoklaz (K
2
Al
2
Si
6
O
6
), kalsit (CaCO
3
)
va kvars
(SiO
2
)ning har qaysisi alohida minyeral hisoblanadi.
Minyerallar tabiiy jism hisoblanadi. SHuning uchun sun’iy ravishda sintezlash yo‘li bilan
olingan sof holdagi jismlar minyeral bo‘la olmaydi. Masalan, chili selitrasi (NaNO
3
) tabiiy
sharoitda bir qancha geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgani
uchun uni minyeral
deyiladi; ammo sun’iy ravishda sintezlash yo‘li bilan olingan ammiakli selitra (NH
4
NO
3
)
minyeral emas.
Tabiiy minyerallar ko‘pincha alohida uchramay, balki
bir necha minyerallar bilan
birlashib tog‘ jinsini hosil qiladi. Litosfyeraning ma’lum qismida ko‘p joyni egallagan bir yoki
bir qancha minyeral to‘plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga
Dostları ilə paylaş: