Maxsudov Xodimat Maxsudovich (1932) Qishloq xo‘jalik fani-tuproqshunoslik
sohasida O‘zbekistonda yangi yo‘nalish bo‘lgan yeroziyashunoslikni rivojlantirishga katta hissa
qo‘shgan yirik olimdir. U kishining asosiy ilmiy tadqiqotlari qurg‘oqchil zonada tuproqlar
emirilishini tekshirishga, yeroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirishga, yer va
suv boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan. X.M.
Maxsudov yeroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish va g‘o‘zadan yuqori hosil
olish bo‘yicha ishlab chiqqan tuproqlarni muhofaza hilish tadbirlari dehqonchilik nazariyasi va
amaliyotini taraqqiy ettirishga hissa qo‘shgan yeroziyashunos olim hisoblanadi.
Tursunov Latif (1938-2011) Tuproq fizikasi hamda genetik tuproqshunoslik sohasida
yirik mutaxassis hisoblanib, eng dastlabki ilmiy faoliyati tog‘ tuproqlarining genezisi va
agrofizik xossalarini o‘rganish bilan boshlangan. Keyinchalik esa ilmiy faoliyati Qarshi cho‘li
tuproqlarining geografiyasi, genezisi, evolyusiyasi, barcha agrokimyoviy, minyeralogik,
agrofizik xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda tuproqshunoslik kafedrasining
ilmiy yo‘nalishi bo‘lgan O‘zbekiston asosiy tuproq tiplarining genezisi, evolyusiyasi,
geografiyasi, xossalarini va ularni xilma-xilligi bo‘yicha ilmiy ishlarga rahbarlik qilib kelgan
tuproqshunos olim. UzMU biologiya tuproыshunoslik fakulteti tuproqshunoslik kafedrasida 25
yil kafedra mudiri bo‘lib ishlagan
Umarov Majid (1914-1975) Tuproqshunos olimning ilmiy faoliyati o‘zlashtirilgan va
sug‘oriladigan Markaziy Farg‘ona, Mirzacho‘l va qarshi cho‘li tuproqlarining, ya’ni
O‘zbekistonda keng tarqalgan asosiy tuproqlarning fizik va suv xossalari, ularning dehqonchilik
ta’sirida o‘zgarishi, hamda tuproqlarning unumdorligini oshirish va ulardan oqilona
foydalanishga bag‘ishlangan. M.Umarov O‘zbekiston tuproqlarining kelib chiqishi va ularning
xossalari va unumdorligiga oid juda ko‘p ilmiy izlanish ishlarini olib borgan. Sug‘oriladigan
tuproqlarning agrofizik xossalarini o‘rganishda olim asosiy e’tiborni bu tuproq xossalarining
antropogen omil ta’siri natijasida o‘zgarishiga alohida e’tibor byergan.