Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

To‘rtinchi 
manba dengiz suvlari bo‘lib, u shamol yoki dovul yordamida suv havzalari 
atrofidagi tuproqlarni sho‘rlantiradi. 
Atmosfyera yog‘inlari ham tuproqni tuzlar bilan boyitishi mumkin, chunki uning 
konsentratsiyasi 20-30 mg/l yoki 400 mg/l tengdir. 
Yer osti suvlari ham tuproqni sho‘rlantirishi mumkin. CHunki suv bo‘rlanib, tuproq 
qatlamida tuzlar yig‘ilishiga olib keladi. 
O‘simlik tomirlari bilan tuproq yoki ona jinsidan tuzlar yuqoriga ko‘tarilib, yuza qismida 
tuzlar to‘planishi mumkin. Tuproqlarni sug‘orish natijasida yer osti sizot suvlari ko‘tarilib, 
ularni ikkilamchi sho‘rlanishga olib keladi. Tuzlar yer tuzilishiga binoan pastqam landshaftlarda 
to‘planadi. SHo‘rxok tuproqlarda kalsiy, magniy, natriy xlorid va sulfat tuzlari ko‘payib 
profilning yuza yoki chuqur qatlamlarida to‘planishi mumkin. 


48
 TUPROQ EROZIYASI 
Tuproq yeroziyasi, deb mayda qum va chang zarrachalarining suv bilan yuvilish va 
shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi. 
Yeroziya ikki turga geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi xili

ya’ni geologik 
yeroziya muzliklar harorati, yerishi, suv oqimi, havo haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘ 
jinslari emirilib, maydalanib, yonbag‘irlar, daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi. 
Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy va lalmikor yerlarni haydashi, yaylov sifatida 
chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanish, sug‘orish natijasida tuproq yeroziyasi rivojlanadi. 
Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31 % suv yeroziyasi va 34 % shamol yeroziyasiga 
mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd. tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib 
ketiladi. SHu davrgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2020 
yil oxiriga borib esa yana bir milliarddan eiyod gektar yer yeroziya natijasida ishdan chiqishi 
mumkin degan taxminlar bor

Yeroziya sodir bo‘lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning unumdor qatlamning 
emirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Natijada tuproqning unumdorligi 
pasayib, bu yerga ekilgan ekinlarning hosildorligi nihoyatda kamayib ketadi. Yeroziyalanish 
jarayoni butun dunyoda keng tarqalgan.. SHuning uchun ham bu jarayon xalq xo‘jaligiga 
jumladan, qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar etkazadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin